Kompyuter savodxonligi kursi muvaffaqiyatli yakunlandi
22 dekabr, 2025
1120
Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazida joriy yil 15-noyabr sanasidan boshlangan kompyuter savodxonligi kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu kurslar davomida 70 nafardan ortiq talaba bilim va ko‘nikmalarini oshirib, yakunda sertifikatlar bilan taqdirlandi.
Mashg‘ulotlar jarayonida ishtirokchilarga Microsoft Word, Excel, PowerPoint, Canva dasturlari bilan ishlash, shuningdek, ilmiy maqolalar tayyorlash hamda sun’iy intellekt imkoniyatlaridan samarali foydalanish bo‘yicha chuqur nazariy va amaliy bilimlar berildi.
Keyingi kurslar 2026-yil 3-fevraldan boshlanadi. Batafsil ma’lumot uchun: +99894 099 72 79