Kafedra tarixi
“Musiqiy ta’lim” kafedrasi 1977 yildan taşkil topgan. Kafedraning taşkil etilişida dotsent Sami Aziz öğlining xizmatlari katta bölgan. Uzoq yillar dotsent Sami Aziz öğli mazkur kafedrani boşqargan. Kafedrada keyingi yillarda prof. M.Abdukarimov, 2010-2015 yillarda dotsent R.Primov, 2015- 2020 yillarda öqituvçi M. Muradovlar kafedra mudiri lavozimida faoliyat olib borganlar. 2020 yil 7 noyabrdan kafedrani dotsenti Primov Raşid Toşkuloviç boşqarib kelmoqda. Hozirgi kunda kafedrada asosiy ştatda 10 nafar professor-öqituvçi, 1 nafar pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dotsent, 2 nafar dotsent, 5 nafar katta öqituvçi, 2 nafar öqituvçilar faoliyat körsatmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasida “Musiqa ta’limiga qöyiladigan zamonaviy talablar” hamda “Musiqa san’ati fanlarini öqitişning ilmiy metodik asoslari” mavzulari böyiça ilmiy yönalişlarda tadqiqot işlari olib boriladi. Mazkur ilmiy yönalişlarda 2023–yilda kafedra kata öqituvçisi M.Ş.Kurbanova pedagogika fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) dissertatsiyasini himoya qildi. Keyingi yillarda kafedra mudiri R.T.Primov va kafedra katta öqituvçisi O.T.Xalilovalar “Musiqa san’ati” ixtisosligidan, kafedra katta öqituvçilari M.Ş.Kurbanova va F.S.Azizovlar “Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi” ixtisosliklaridan dotsent ilmiy unvonlariga ega böldilar. Şuningdek, ilmiy tadqiqot işlarini natijasi sifatida 4 ta monografiya va OAK röyxatidagi Respublika ilmiy jurnallarida 15 dan ortiq, Xalqaro ilmiy jurnallarida 20 dan ortiq ilmiy maqolalar çop ettirilgan. 2023–2024-yillar davomida kafedrasi professor-öqituvçilari tomonidan 2 ta darslik, 6 ta öquv qöllanmalari çop ettirilib, öquv jarayoniga tadbiq etib kelinmoqda.
Musiqiy ta’lim kafedrasi Rossiyaning Nijnevartovsk davlat universiteti hamda Tojikistonning Panjikent şahridagi Tojik pedagogika instituti bilan hamkorlik aloqalarini örnatgan. Mazkur oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlik şartnomalari mavjud