Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Universitet haqida

Qarşi davlat universiteti ta’lim va tadqiqotga global yondaşuvni qöllab quvvatlovçi Özbekistondagi eng yirik va yetakçi universitetlardan biri hisoblanadi. Universitetda köp bosqiçli ta’lim tizimida faoliyat körsatadigan köp tarmoqli universitetdir. Hozirgi kunda universitetda 13 ta fakultet, 43 ta kafedra mavjud bölib, 70 ta bakalavriat, 29 ta magistratura va 26 ta doktorantura ixtisosliklari bor. Universitetdagi 12 ta fakultetga quyidagilar kiradi:


Qarşi davlat universiteti iqtisodiyotning turli sohalari uçun zamonaviy mutaxassislar tayyorlaş böyiça ta’lim faoliyatini amalga oşiradi. Universitet zamonaviy ta’limni rivojlantiriş maqsadida talabalar va öqituvçilar faoliyatini qöllab-quvvatlovçi, innovatsion muhit yaratişga intilib kelmoqda. Universitet talabalarning potentsialini oşirişga va ularning kelajakka tayyor bölişiga yordam berişga asoslangan öziga xos Osiyo va jahon tajribasini taklif etadi.

Universitetda yangi bilimlarni oliş bilan bir qatorda olingan bilimlarni amaliyotda qöllaş uçun ham barça şaroitlar yaratilgan. Talabalar universitetni biturgunga qadar bölgan vaqt mobaynida köplab ham nazariy ham amaliy bilim va köniklmalarga ega böladilar. Qarşi davlat universiteti talabalarga nafaqat har tomonlama bilim olişga, balki talabalik hayotini töliq his qilişga yordam beradi. Universitetdagi hayot faqat darslardan iborat emas balki yil davomida bir qator sport musoboqalari va qiziqarli tadbirlar ötkaziladi.

Universitetda 8 ta ilmiy Kengaş, 22 ta ilmiy-tadqiqot markaz, 6 ta ilmiy laboratoriya, 27 ta öquv laboratoriyalar mavjud.Qarşi davlat universiteti faoliyatida ötgan bir yil ilmiy salohiyatni oşiriş, ilmiy va innovasion sohada qator yangilanişlar, ilmiy yutuqlarga erişiş hamda xorijning eng ilğor tajribalarini örganiş, ularni milliy tajribalarga singdirgan holda fan va ta’lim sohasiga tadbiq etiş davri böldi. 2021-yilda ilmiy innovasion sohada faoliyat samaradorligini oşiriş uçun kafedralar kesimida tarmoq jadval şakllantirildi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 207 ta (2020-yilda 18 ta) dissertasiya himoya qilinib 205 ta (2020-yilda 29 ta) ilmiy unvon olindi. Natijada, universitetning ilmiy salohiyati 28.2% dan 42.6% gaça ösdi. 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar mos 212 ta darslik (2020-yilda 3 ta), 484 ta öquv qöllanma (2020-yilda 12 ta) va 333 ta monografiya (2020-yilda 16 ta) naşr etildi. Web of Science va Scopus bazasidagi jurnallarda ilmiy maqolalar naşri yölga qöyilib, 2021-yildan hozirgi vaqtga qadar 280 ta maqola naşr etildi. Universitet xalqaro ta’lim dasturlarining faol iştirokçisidir.

Ayni paytda universitet 64 dan ortiq xorijiy ta’lim muassasalari bilan ta’lim va ilmiy tadqiqot sohasida hamkorlik şartnomalari va almaşuv memorandumlari tuzilib ular bilan faol işlab kelmoqda. Universitet bir qator yirik xalqaro ilmiy va ta’lim loyihalari (Erasmus+, Erasmus Mundus va boşqalar) a'zosi hisoblanadi. Hozirda QarDU Erasmus+ dasturining kredit mobilligi loyihasi doirasida Ispaniyaning Xaen universiteti, Slovakiyaning Konstantin falsafa universiteti va Polşaning Zelena Gora universitetlari bilan özaro hamkorlik kelişuvlari imzolangan. Oliy taʼlim tizimini 2030 yilgaça rivojlantiriş kontseptsiyasiga asosan, universitetning Xalqaro qöşma taʼlim dasturlari fakultetida Rossiya Federatsiyasi va Belarus Respublikasining yetakçi universitetlari bilan hamkorlikda 6 ta bakalavriat taʼlim yönalişlari va 4 ta magistratura mutaxassisliklari böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyildi. Jumladan, Belgorod davlat milliy tadqiqot universiteti, Moskva davlat lingvistika universiteti, Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti, N.Dobrolubov nomidagi Nijegorod davlat lingvistika universiteti, Belarus milliy texnika universiteti, Minsk davlat lingvistika universiteti va Grodno davlat universitetlari bilan hamkorligida filologiya (rus va inliz tillari), iqtisodiyot, davolaş işi, pediatriya, amaliy matematika hamda lingvistika (rus va ingliz tillari), amaliy matematika, iqtisodiyot magistratura mutaxassisliklari böyiça 224 nafar bakalavrlar, 37 nafar magistrantlar tahsil olmoqda. Qöşma taʼlim dasturlarida taʼlim sifatini oşiriş maqsadida bakalavriat taʼlim yönalişlarida 80 nafar, magistratura mutaxassisliklarda 30 nafar mahalliy va xorijiy professsor-öqituvçilar faoliyat körsatmoqda.

Fakultetlar röyxati

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP