Doktorantura va Oliy ta’limdan keyingi ta’lim
Oliy ta’limdan keyingi ta’lim — doktorlik dissertatsiyasini tayyorlash va himoya qilish maqsadida mutaxassislikni chuqur o‘rganishni va ilmiy izlanishlar olib borishni nazarda tutadigan ta’lim turi. Bu ta’lim shakllari quyidagilarni o‘z ichiga oladi:
- Stajyor-tadqiqotchilik: ishlab chiqarishdan ajralgan holda ilmiy va ilmiy-ijodiy izlanishlar olib borish va PhD ilmiy darajasini olish uchun tayyorlanish shakli.
- Tayanch doktorantura: PhD ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun tashkil etiladi.
- Doktorantura: DSc ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun tashkil etiladi.
- Mustaqil izlanuvchilik: PhD yoki DSc ilmiy darajasiga da’vogar izlanuvchilar uchun ishlab chiqarishdan ajralmagan holda tashkil etiladi.
Izlanuvchi tushunchalari
- Stajyor-tadqiqotchi: ilmiy tashkilot yoki ta’lim muassasasiga stajyor-tadqiqotchilikka qabul qilingan shaxs.
- Doktorant: tayanch doktorantura yoki doktoranturaga qabul qilingan shaxs.
- Mustaqil izlanuvchi: mustaqil izlanuvchilikka qabul qilingan shaxs.
- Izlanuvchi: PhD yoki DSc ilmiy darajasini olish uchun doktorlik dissertatsiyasini tayyorlayotgan shaxs.
Oliy ta’limdan keyingi ta’limni muvofiqlashtirish tizimi
O‘zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan qabul kvotalari bo‘yicha buyurtmalarni shakllantirish, hujjatlarni topshirish va ro‘yxatga olish, faoliyat samaradorligini monitoring qilish Yagona elektron tizim orqali amalga oshiriladi: daraja.ilmiy.uz.
Talabgorlar taqdim etadigan hujjatlar
PhD (Stajyor-tadqiqotchilik, Tayanch doktorantura, Mustaqil izlanuvchilik) uchun:
- Ariza
- Qisqacha biografik ma’lumot (o‘zbekcha va ruscha, 3.5 shakl)
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
- Oliy ma’lumot diplomi yoki klinik ordinaturani tugatganlik (tibbiyot uchun) nusxasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 1 maqola va 2 tezis)
- Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi
- Davlat stipendiyasi hujjati (agar mavjud bo‘lsa)
- CEFR B2 (IELTS 6) yoki undan yuqori til sertifikati (agar mavjud bo‘lsa)
DSc (Doktorantura, Mustaqil izlanuvchilik) uchun:
- Ariza
- Qisqacha biografik ma’lumot (o‘zbekcha va ruscha, 3.5 shakl)
- Mehnat daftarchasining tasdiqlangan nusxasi (ishlayotganlar uchun)
- Oliy ma’lumot, PhD yoki xalqaro tenglashtirilgan ilmiy daraja diplomi nusxasi
- Tadqiqot mavzusi bo‘yicha ilmiy ma’ruza va doktorlik dissertatsiyasi rejasining batafsil loyihasi
- Nashr etilgan ilmiy ishlar ro‘yxati va nusxalari (kamida 3 maqola va 2 tezis)
- Ish joyidan tavsifnoma (mustaqil izlanuvchilar uchun)
- Pasport nusxasi
- Ilmiy yutuqlar (Davlat stipendiyasi hujjati)
Barcha hujjatlar PDF shaklida tayyorlanib, Yagona elektron tizim orqali yuboriladi.