Qarshi davlat universiteti
180119, Qarshi shahri
Ko‘chabog‘ ko‘chasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
O‘zbekiston va Malayziya o‘rtasida oliy ta’lim sohasidagi hamkorlik izchil rivojlanmoqda. Mazkur hamkorlik doirasida Qarshi davlat universitetining xalqaro reytinglar bo‘yicha mutaxassisi Nurbek Farmonov Malayziya Tadqiqot Universiteti (Universiti Sains Malaysia)da qisqa muddatli ilmiy stajirovkani muvaffaqiyatli yakunladi.
Qarshi davlat universitetining Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent University bilan yo‘lga qo‘ygan samarali hamkorligi doirasida universitetning 6 nafar o‘qituvchisi Angliyada tashkil etilgan yozgi intensiv CELTA (Certificate in English Language Teaching to Adults) kursida ishtirok etmoqda.
Qarshi davlat universitetida iqtidorli va startapchi tashabbuskor yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda turli soha mutaxassislari, ekspertlar, shuningdek, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari vakillari qatnashdi.
Qarshi davlat universitetida viloyat hokimi Murotjon Azimov boshchiligida navbatdagi “Rahbar va yoshlar” uchrashuvi tashkil etildi.
Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya jamoasi Qashqadaryoda ilk bor o‘tkazilgan “AI Hackathon Kashkadarya” tanlovida Plant Care loyihasi bilan faxrli 3-o‘rinni qo‘lga kiritdi.
Pedagogika fakultetida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona, ko‘tarinki ruhdagi tadbir tashkil etildi.
Tibbiyot fakultetida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Vericase loyihasi “Yoshlar – Kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.
Qarshi davlat universitetida doktorantlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilar faoliyatining 4-chorak holati va yil yakunlari bo‘yicha navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
Qarshi davlat universiteti Inkubatsiya markazida joriy yil 15-noyabr sanasidan boshlangan kompyuter savodxonligi kurslari muvaffaqiyatli yakunlandi. Ushbu kurslar davomida 70 nafardan ortiq talaba bilim va ko‘nikmalarini oshirib, yakunda sertifikatlar bilan taqdirlandi.