Vericase on Tour — Qarshida muvaffaqiyat bilan o‘tdi!
22 dekabr, 2025
1120
Vericase loyihasi “Yoshlar – Kelajagimiz” jamg‘armasi hamkorligida Qarshi shahridagi Yoshlar markazida bo‘lib o‘tdi. Tadbir Qarshi davlat universiteti Iqtisodiyot fakulteti talabalari tashabbusi bilan yuqori saviyada tashkil etildi.
Tashkilotchilar jamoasi:
Abdulaziz Kenjaev — Vericase Ambassadori
Nasretdinova Aziza — Hakam
Abdurahimov Adham va Narzullayev Zinurbey — Event managerlar
Ergashev Abdullo — SMM manager
Tadbirda 40 dan ortiq ishtirokchi 7 jamoaga bo‘linib, Orient Finance Bank tomonidan berilgan real muammolarga veb-sayt va ilovalar orqali amaliy yechimlar ishlab chiqdi.
Ushbu loyiha Iqtisodiyot fakulteti talabalarining bilim, tashabbus va yetakchilik salohiyatini yaqqol namoyon etdi.
E’lonlar
23 mart 2026
16:22
Sobirova Noiba Zafar qizining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida