Qarshi davlat universitetida iqtidorli va startapchi tashabbuskor yoshlar ishtirokida uchrashuv bo‘lib o‘tdi. Unda turli soha mutaxassislari, ekspertlar, shuningdek, Yoshlar tadbirkorligini rivojlantirish jamg‘armasi, Tashqi iqtisodiy faoliyat milliy banki va boshqa tijorat banklari vakillari qatnashdi.
Ochiq muloqot davomida yoshlarning innovatsion fikrlashini rivojlantirish, startap loyihalarni qo‘llab-quvvatlash mexanizmlari, ularni amaliyotga tatbiq etish masalalari muhokama qilindi. Iqtidorli talabalar o‘z g‘oya va loyihalarini taqdim etib, mutaxassislar tomonidan moliyalashtirish, imtiyozli kreditlar va grant imkoniyatlari yuzasidan zarur tavsiyalar oldilar.
Mazkur tadbir yoshlarning innovatsion tashabbuslarini qo‘llab-quvvatlash, ularning loyihalarini takomillashtirish va bozorga chiqish imkoniyatlarini kengaytirishga xizmat qiladi.
E’lonlar
23 mart 2026
16:22
Sobirova Noiba Zafar qizining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida