Xalqaro tajriba almashinuvi: QarDU o‘qituvchilari Buyuk Britaniyada CELTA kursida malaka oshirmoqda
03 avgust, 2026
1 daqiqada o‘qiladi
152
Qarshi davlat universitetining Buyuk Britaniyaning Nottingham Trent University bilan yo‘lga qo‘ygan samarali hamkorligi doirasida universitetning 6 nafar o‘qituvchisi Angliyada tashkil etilgan yozgi intensiv CELTA (Certificate in English Language Teaching to Adults) kursida ishtirok etmoqda.
Mazkur xalqaro dasturga o‘qituvchilar universitet tomonidan e’lon qilingan tanlovning barcha bosqichlaridan muvaffaqiyatli o‘tgan holda saralab olindi. Tanlov hujjatlar qabuli, amaliy dars mashg‘uloti hamda Nottingham Trent University mutaxassislari bilan o‘tkazilgan suhbat bosqichlarini o‘z ichiga oldi.
CELTA dasturi ingliz tilini o‘qitish metodikasining zamonaviy yondashuvlari, amaliy dars berish ko‘nikmalari hamda tajribali xalqaro trenerlar rahbarligida kasbiy rivojlanish imkoniyatlarini taqdim etuvchi dunyoda keng e’tirof etilgan malaka dasturlaridan biridir.
Qarshi davlat universiteti professor-o‘qituvchilarining xalqaro malaka oshirish dasturlarida faol ishtiroki ta’lim sifatini yanada yuksaltirish, ilg‘or pedagogik tajribalarni o‘quv jarayoniga joriy etish hamda universitetning xalqaro hamkorlik aloqalarini mustahkamlashga xizmat qilmoqda.
Qarshi davlat universiteti — Yangiliklar
https://new.qarshidu.uz/uz/news/xalqaro-tajriba-almashinuvi-qardu-oqituvchilari-buyuk-britaniyada-celta-kursida-malaka-oshirmoqda
E’lonlar
06 avgust 2026
14:10
Davlatov Muzaffar Abduhamidovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida