Tibbiyot fakultetida davlatimiz rahbari tomonidan qabul qilingan “Aholi salomatligi va millat genofondini giyohvandlik va narkojinoyatlardan samarali himoya qilish bo‘yicha kompleks chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi Farmon ijrosi doirasida davra suhbati bo‘lib o‘tdi.
Davra suhbati “Psixotrop va sintetik dori vositalarini surunkali iste’mol qilishning oqibatlari” mavzusida bo‘lib o‘tdi. Tadbirni Tibbiyot fakulteti kafedra o‘qituvchisi, Respublika ixtisoslashtirilgan ruhiy salomatlik ilmiy-amaliy tibbiyot markazining Qashqadaryo viloyati mintaqaviy filiali shifokor-narkologi M.Qayumov olib bordi.
Davra suhbati davomida talabalar mavzu yuzasidan zarur bilim va ma’lumotlarga ega bo‘lib, o‘zlari uchun muhim xulosalar chiqardilar.