Pedagogika fakultetida professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirokida yaqinlashib kelayotgan Yangi yil bayrami munosabati bilan bayramona, ko‘tarinki ruhdagi tadbir tashkil etildi.
Tadbirni fakultet dekan o‘rinbosari S.Yuldashev kirish so‘zi bilan ochib, barchani Yangi yil bilan muborakbod etdi hamda kelayotgan yilda sog‘liq, omad va yangi zafarlar tiladi.
Bayram dasturi davomida fakultet talabalari tomonidan sahna ko‘rinishlari namoyish etilib, Yangi yil ertak qahramonlari jonlantirildi. Go‘zal she’riy satrlar, dilrabo kuy-qo‘shiqlar va ijodiy chiqishlar kechaga o‘zgacha mazmun, iliq muhit va bayramona kayfiyat bag‘ishladi.
E’lonlar
23 mart 2026
16:22
Sobirova Noiba Zafar qizining Pedagogika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida