Oliy ta’limdan keyingi ta’lim institutida doktorantlar faoliyati monitoringi o‘tkazildi
22 dekabr, 2025
1 daqiqada o‘qiladi
62
Qarshi davlat universitetida doktorantlar, tayanch doktorantlar hamda mustaqil tadqiqotchilar faoliyatining 4-chorak holati va yil yakunlari bo‘yicha navbatdagi monitoring o‘tkazildi.
Monitoring jarayonida izlanuvchilarning individual rejalari ijrosi, dissertatsiya mavzulari bo‘yicha olib borilayotgan ilmiy tadqiqotlar, maqola va tezislarning nufuzli ilmiy nashrlarda chop etilishi, konferensiyalarda ishtiroki hamda ijro intizomi baholandi.
Natijalarga ko‘ra, mavjud muammolar yuzasidan taklif va tavsiyalar ishlab chiqilib, ilmiy rahbarlar bilan hamkorlikni kuchaytirish va dissertatsiya ishlari sifatini oshirish bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Qarshi davlat universiteti — Yangiliklar
https://new.qarshidu.uz/uz/news/oliy-talimdan-keyingi-talim-institutida-doktorantlar-faoliyati-monitoringi-otkazildi
E’lonlar
06 avgust 2026
14:10
Davlatov Muzaffar Abduhamidovichning fizika-matematika fanlari bo‘yicha falsafa doktori (PhD) dissertatsiya ishi himoyasi to‘g‘risida