Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Organik kimyo

Kodirov Abduahad Abdurahimoviç

Kodirov Abduahad Abdurahimoviç

Organik kimyo kafedrasi mudiri

BATAFSIL

Kafedra tarixi

2021 yilda Organik kimyo kafedrasi taşkil etilgan. Taşkil etilgandan buyon kafedraning ilmiy salohiyati 60 % dan 73 % ga kötarilgan. Kafedrada 1 ta fan doktori, dotsent, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 3 ta PhD, dotsent, 2 ta PhD, dotsent vazifasini bajaruvçi, 3 ta öqituvçi, 2 ta tayanç doktorantlar faoliyat körsatmoqda. Organik kimyo kafedrasi 60530100 – Kimyo yönalişi böyiça bakalavr mutaxassislar tayyorlovçi kafedra hisoblanadi. Kafedrada 70530101 – Kimyo mutaxassisligi böyiça magistratura mavjud. Şu vaqt mobaynida kafedraning 1 nafar a’zosi kimyo fanlari doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi kimyo fanlari böyiça falsafa doktori ilmiy darajasini, 4 nafar a’zosi dotsent ilmiy unvonini olişga erişgan. Kafedra dotsenti Kodirov Abduaxad Abduraximoviç kimyo fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun “Alifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi” mavzusida dissertatsiya işini himoya qildi. Mustaqil izlanuvçi Kurbanov Mingniqul Jumaguloviç texnika fanlari doktori (DSc) ilmiy darajasini oliş uçun “Alifatik azot va bitsiklik oltingugurt saqlovçi organik birikmalar sintezi, oliş texnologiyasi va qöllaniliş sohalari” mavzusida dissertatsiya işi olib boryapti. Ilmiy maslahatçi etib kimyo fanlari doktori Kodirov Abduaxad Abduraximoviç tayinlangan. Kafedra a’zolari tomonidan "Aminonitrillar asosida yuqori samarali biologik faol birikmalar sintezini amaliyotga joriy etiş" mavzusida ilmiy innovatsion loyiha muvaffaqiyatli bajarilgan, östiruvçanlik xususiyatga ega N,N-bis-(α-sianizopropil) etilendiamin uçun Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazining ixtiroga patenti olingan (№IAP 07542, 2023 yil). Natijada qişloq xöjaligida keng qöllaş uçun suvda oson eruvçan, kam zaharli va yuqori samarali sintetik stimulyator yaratilgan. Yuqori östiruvçanlik xususiyatini namoyon etuvçi “Oltin kuz” preparatiga Özbekiston Respublikasi Adliya vazirligi huzuridagi Intellektual mulk Markazidan tovar belgisiga guvohnoma olingan (MGU 47964, 2023 yil). Şuningdek, "Almaşingan benzimidazollar va xinozolonlar qatorida tioamidalarning sintezi va kimyoviy özgarişlari" (2023 y.), “Aminonitrillar sintezi va biologik faolligi” deb nomlangan monografiyalar, "Organik kimyo fanidan laboratoriya maşğulotlari"(2023 y.), “Bioorganik kimyo”(2024) deb nomlangan darsliklar, "Organik kimyo", "Tabiiy birikmalar kimyosi" , “Organik kimyo fanidan maşq va masalalar töplami”, “Umumiy va noorganik kimyo 2” deb nomlangan öquv qöllanmalar çop etilgan. Kafedra a’zolarining ilmiy raxbarligida 3 nafar iqtidorli talaba turli tanlovlarda ğolib bölişgan, 2 nafar talaba nomdor stipendiant bölişga muvaffaq bölgan.
Kafedra quyidagi yönalişlarda ilmiy faoliyat olib boradi: 1. Аlifatik va geterotsiklik nitrillar hamda amidlar sintezi, kvant kimyoviy tasnifi, modifikatsiyasi, biologik faolligi; 2. Neft tarkibidagi siklik oltingugurtli birikmalarni oliş texnologiyasi va kimyoviy modifikatsiyasi. Uşbu yönalişlar böyiça kafedrada 1 ta Xalqaro, 1 ta Respublika miqyosida ilmiy amaliy konferentsiya, 1 ta darslik, 4 ta monografiya, 3 ta öquv qöllanma, 20 dan ortiq uslubiy körsatmalar, 50 dan ortiq mahalliy OАK jörnallarida, 30 dan ortiq xorijiy jurnallarda maqolalar çop etilgan.
Kafedra: Özbekiston Respublikasi Fanlar akademiyasi S.Yu. Yunusov nomidagi Ösimlik moddalari kimyosi instituti, O.S.Sodiqov nomidagi Bioorganik kimyo instituti, Toşkent kimyo-teхnologiya ilmiy tadqiqot inistituti, Mirzo Ulugbek nomidagi ÖzMU, Muborak gazni qayta işlaş zavodi, Şurtangaz kimyo kompleksi, Şurtan neft va gaz qazib çiqariş boşqarmasi, Özbekiston GTL zavodi hamda boşqa işlab çiqariş korxonalari bilan hamkorlik qiladi.

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP