Kafedra tarixi
"Fiziologiya kafedrasining tarixi 1962 yillarga borib taqaladi. Öşa paytda kafedraning nomi Anatomiya, fiziologiya va gigiyena, keyinçalik Anatomiya va fiziologiya deb nomlangan. Kafedrani 1969 yilda dotsent Abduraxim Abduraxmonov boşqargan. 1970 yilda esa Baxodir Pölatoiç Aminov kafedra mudiri vazifasini bajargan. Şu yillarda Anatomiya va fiziologiya kafedrasida Turab Tilavov, Şoniyoz Kurbanov, Töraqul Öroqov, Raşida Usmonova, Luiza Hakimova singari professor-öqituvçilar faoliyat olib borişgan.
1991 yilga kelib kafedra strukturasi özgargan va quyidagi ikkita kafedra şakllangan: Tibbiyot asoslari hamda Fiziologiya va biokimyo kafedrasi. 1993 yilga kelib Fiziologiya va biokimyo kafedrasi negizida Fiziologiya kafedrasi qayta tuzilgan. Şu vaqtda biologiya fanlari doktori, professor Şoniyoz Kurbanov mazkur kafedrani boşqargan. Kafedraning ilmiy yönalişi hazm va oziqlaniş fiziologiyasining ustivor masalalari, aholi turli guruhlarining amaldagi ovqatlanişini örganiş, aholi orasida soğlom turmuş tarzini şakllantiriş muammolariga qaratilgan. Professor-öqituvçilar tomonidan Oliy va örta maxsus öquv yurtlari talabalari uçun 3 ta darslik (Ş.Qurbonov bilan hammualliflikda), “Bolalar va ösmirlar fiziologiyasi va gigiyenasi” (2005); Ş.Qurbonov, A.Qurbonov. “Odam fiziologiyasi (biokimyo asoslari bilan)” (2006); Ş.Qurbonov “Ovqat hazm qiliş va ovqatlaniş fiziologiyasi” (2013), şuningdek önlab öquv va öquv-uslubiy qöllanmalar çop ettirilgan. Öqituvçi Döstov Karim Törayeviç “Sportçilarning amaldagi ovqatlanişini baholaş va ratsionallaştiriş usullari” mavzusida, Rahmatullayev Yorqin Şokiroviç “Qişloq maktabi öquvçilarining oziq moddalar bilan fiziologik ta’minlanişi va uni meyorlaştiriş” mavzusida ilmiy tadqiqotlar olib borişgan. Mazkur yönalişlar böyiça bir qator nomzodlik dissertatsiyalari himoya qilingan.
2012-2014 yillarda Fiziologiya kafedrasi mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Kurbanov Abdulaziz Şoniyozoviç işlagan. 2014-2015 yillarda kafedraning nomi Anatomiya va fiziologiya, 2015-2018 yillarda Biotexnologiya deb yuritilgan hamda biologiya fanlari nomzodi, dotsent Karimov Olim Rasuloviç şu davrlarda mazkur kafedrani boşqargan. Şu paytda kafedrada 22 nafar professor-öqituvçi (2 nafar fan doktori, professor, 3 nafar fan nomzodi, dotsent, 4 nafar fan nomzodi, katta öqituvçi, 3 nafar katta öqituvçi hamda 10 nafar öqituvçilar) faoliyat olib borişgan (ilmiy salohiyati 53 foiz). Biotexnologiya kafedrasi 2015 yilda Fiziologiya va Tibbiy bilim asoslari kafedralarining birlaşişi natijasida taşkil topgan Anatomiya va fiziologiya kafedrasi nomi bilan öz faoliyatini davom ettirgan.
2018-2021 yillarda Fiziologiya hamda Zoologiya kafedralari birlaştirilib, Zoologiya va fiziologiya kafedrasi taşkil etilgan. Kafedra mudiri lavozimida biologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazarov Ğaffor Yodgoroviç işlagan. Şu paytda kafedrada professor öqituvçilardan prof.Ş.Qurbonov, dots. Salom Öroqov, dots.Jöra Berdiyev, dots.Barno Daronov, dots. Abdulaziz Kurbanov, dots.Alimardon Raxmatullayev, dots.Olim Karimov, dots. Baxtiyor Röziyev, dots.Yorqin Raxmatullayev, b.f.n. Ikrom Çöliyev, katta öqituvçi Ötkir Toşev, öqituvçilardan Zamira Zubaydova, Karim Döstov, Gulnoza Buranova, Şohida Umedova, Hulkar Hazratova, Iroda Sattorova va boşqalar faoliyat olib borişgan.
2021 yilning sentabr oyida Zoologiya va fiziologiya kafedrasi mustaqil ikkita kafedra Zoologiya hamda Fiziologiya kafedralariga bölingan. Fiziologiya kafedrasiga biologiya fanlari nomzodi Çöliyev Ikrom Ne’matullayeviç kafedra mudiri etib saylangan. Mazkur yilda kafedra öqituvçisi Umedova Şohida Numanovna profeyesor Şoniyoz Kurbanov raxbarligida 03.00.08-Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça PhD dissertatsiyasini himoya qildi hamda biologiya fanlari falsafa doktori ilmiy darajasini oldi. Şu bilan birga kafedra professor-öqituvçilari tomonidan Xorijiy jurnallarda 10 dan ortiq, ÖzR OAK röyxatidagi jurnallarda 18 ta maqola, 1 ta darslik, 1 ta öquv qöllanma, 1 ta monografiya hamda 10 ga yaqin uslubiy qöllanmalar naşr ettirildi.
2022 yilning dekabr oyidan boşlab biologiya fanlari nomzodi, dotsent Raxmatullayev Yorqin Şokiroviç Fiziologiya kafedrasi mudiri vazifasini bajaruvçi laozimida işlay boşladi. 2023 yilning may oyida esa Fiziologiya kafedrasi mudiri etib saylandi. Ötgan davr mobaynida kafedrada 3 ta PhD dissertatsiyasini himoya qilindi (2022 yilning avgustida Buranova Gulnoza Boymuratovna, 2023 yilning aprelida Törayev Yolqin Şerzod öğli hamda 2024 yilda Karimova Mavluda Hakimovna). 2025 yilda Professor Şoniyoz Kurbanov rahbarligida Hazratova Hulkar Normurodovna “Boşlanğiç sinf öquvçilarining amaldagi ovqatlanişi va uning fiziologik tahlili” mavzusida PhD dissertatsiyasini tayyorladi va şu yilning 30 iyun kuni muvaffaqiyatli himoya qildi. Şuningdek kafedra doktoranti Sattorova Iroda Yangiboyevna profesor Ma’murjon Pozilov rahbarligida PhD dissertatsiyasini yakunlab, 2025 yilning 14 iyul kuni Ilmiy seminarda muhokamadan ötdi."
"Hozirgi vaqtda kafedramizda 5 nafar doktorant ilmiy tadqiqot işlari bilan şuğullanmoqda. Jumladan Sattorova Iroda Yangiboyevna “Eksperimental giperglikemiyada jigar mitoxondriyasi disfunksiyasiga ayrim polifenol birikmalarning ta’sirini tavsiflaş” mavzusidagi 03.00.08 - Оdam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun tayyorlayotgan dissertatsiyasini yakunlab, Ilmiy seminardan muhokamadan ötdi. Yaqin kunlarda himoya kuni e’lon qilinişini kutmoqda. Qiyomova Nozigul Farxodovna “Kavrak (Ferula assa-foetida) ekstraktining ingiçka içak gidrolitik funksiyasiga (karbogidrazalar va proteazalar misolida) ta’siri” mavzusidagi 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozadigan dissertatsiyasini hamda Çöliyeva Muhayyo A’zamovna “Maktabgaça yoşdagi bolalarning amaldagi ovqatlanişi va jismoniy rivojlanişini fiziologik asoslaş (Qaşqadaryo viloyati misolida)” mavzusidagi 03.00.08 - Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça falsafa fanlari doktori (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun yozadigan dissertatsiyasini yakunlab, kafedra muhokamasidan ötkaziş uçun tayyorgarlik körmoqda.
Özbekiston Milliy universiteti biofizika va biokimyo instituti molekulyar biofizika laboratoriyasi mudiri, biologiya fanlari doktori, katta ilmiy xodim N.A.Ergaşev rahbarligida doktorant Ikromova Muxlisa Akrom qizi 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça “Oksidativ stressda ayrim polifenollarning antioksidant tizim va mitoxondriyalar funksiyasional parametrlariga ta’siri” mavzusida hamda Qarşi davlat universiteti Fiziologiya kafedrasi dotsenti A.Ş.Qurbonov rahbarligida esa doktorant Mingişeva Zarina 03.00.08- Odam va hayvonlar fiziologiyasi ixtisosligi böyiça “Buxoro viloyatining çöl va çala çöl hududlarida istiqomat qilayotgan maktab yoşidagi bolalarning jismoniy rivojlaniş holatini baholaş (Olot va Ğijduvon tumanlari misolida)” mavzusida ilmiy tadqiqot işlarini olib bormoqda."
"Kafedra jamoasi Rossiya Federatsiyasi Ta’lim akademiyasining Ösmirlar fiziologiyasi instituti, Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi, Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi, Turkiya Respublikasi Izmir şahridagi Ege Universitetining Fan fakulteti Biologiya bölimi bilan xalqaro hamkorlik yölga qöyilgan. Jumladan, Yevropa davlatlarida bölib ötadigan online xalqaro konferensiya va seminarlarda qatnaşib kelmoqda. Hamkorlikda Scopus bazasidagi jurnallarda maqola naşr ettiriş hamda öquv qöllanma va darsliklar tayyorlaş ustida işlanmoqda.
Kafedra professor-öqituvçilari Turkiyaning Ege Universiteti Fan fakultetida hamda Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasida stajirovka ötadilar.
Kafedra öquv yuklamasidagi “Sport morfologiyasi” hamda “Tanlangan sport turlarining fiziologik tasnifi” fanlarining ma’ruzalari Rossiya Federatsiyasi Sankt-Peterburg davlat pediatriya tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Valeriy Olegoviç Yerkudov hamda Rossiya Federatsiyasi Privoljsk tadqiqot tibbiyot universiteti Normal fiziologiya kafedrasi dotsenti, biologiya fanlari nomzodi Yevgeniy Aleksandroviç Kalyujniylar tomonidan öqitilib kelinmoqda."