Kafedra tarixi
"Zoologiya kafedrasi
1960 yilda taşkil topgan bölib, kafedraning asosiy yönalişi “Janubiy Özbekiston faunasini kompleks örganiş” ga qaratilgan edi. Kafedraga 1960-1980 yillarda b.f.n. dotsentlar Ş.Otaxonov, A.Öroqov, X.Röziyevlar rahbarlik qilişgan.
Zoologiya kafedrasi taşkil etilgan dastladki yillarda uning moddiy-texnika bazasi juda noçor edi. Kafedra a’zolarining say-harakatlari bilan dastlab dotsent Şarif Otaxonov rahbarligidagi zoologiya kafedrasi qoşida birinçi marta “Jonli burçak” (kiçik hayvonot boği), hayvonlar maketlari, tulup va mulyajlar bilan boyitilgan “Zoologiya muzeyi”, “Texnika vositalari bilan öqitiş” kabineti hamda hamda körgazmali qurollar bilan jihozlangan Zoologiya öquv kabineti, taşkil etilgan.
1980-1998 yillarda fakultetda “Biologiya va qişloq xöjalig asoslari” yönalişi böyiça kadrlar tayyorlanişi munosabati bilan kafedra nomi “Zoologiya va qişloq xöjalig asoslari” nomi bilan yuritila boşlagan. Kafedraga Ş. Otaxonov, A.Öroqov, O.Davronovlar rahbarlik qilgan.
1996 yildan universitetda Biologiya, Ekologiya va atrof muhit muhofazasi va Tuproqşunoslik yönalişlari böyiça kadrlar tayyorlana boşlandi. Şu munosabat bilan universitetning 1998 yilgi yangi tuzilmasida “Zoologiya”, “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” va “Tuproqşunoslik va agrokimyo” kafedralari taşkil etildi.
1998 yilda qayta taşkil etilgan Zoologiya kafedrasiga b.f.d. O.Davronov rahbarlik qila boşladi. Yangi taşkil etilgan kafedralarga kafedra öqituvçilari: “Ekologiya va atrof muhit muhofazasi” kafedrasini b.f.n. G.Bobonazarov, “Tuproqşunoslik va agrokimyo” kafedrasini q/x.f.n., dots. R.Şukurovlar boşqara boşladi.
1998 yilda qayta taşkil etilgan Zoologiya kafedrasi 2014 yil iyun oyigaça faoliyat körsatdi. 1998-2014 yillarda kafedraga prof. O. Davronov, dots. Ş.Raximov va q/x.f.n., J.Berdiyevlar rahbarlik qildi.
2014 yilda botanika va zoologiya kafedralari birlaştirilib negizida Biologiya kafedrasi taşkil etildi. Biologiya kafedrasi 2017 yilgaça faoliyat korsatdi.
2017 yilda universitet tuzilmasiga özgartişlar kiritildi va Zoologiya va fiziologiya kafedrasi taşkil etildi. 2017-2019 yillarda Zoologiya va fiziologiya kafedrasiga dots. O.Karimov rahbarlik qildi.
2019 yilda Zoologiya va fiziologiya kafedrasiga dots. G.Bobonazarov kafedra mudiri etib tayinlandi.
Zoologiya kafedrasi 2021 yil oktabr oyida Qarşi davat universitetining yangilangan tuzilmasiga muvofiq Zoologiya va fiziologiya kafedrasi negizida qayta taşkil etildi.
Hozirgi kunda kafedrada 9 nafar professor-öqituvçilar 8,50 ştat birligida faoliyat körsatişadi. Şulardan 1 nafar fan nomzodi, professor, 3 nafari fan nomzodi, dotsent, 1 nafar PhD, 1 nafar dotsent, 3 nafari öqituvçi-assistentlar. Ilmiy salohiyat 65 foizni taşkil etadi.
2021 yil oktabr oyidan 2025 yil mart oyigaça biologiya fanlari nomzodi, professor G.Bobonazarov Zoologiya kafedrasida kafedra mudiri lavozimida işlagan.
2025 yil aprel oyida biologiya fanlari nomzodi dots. B.Davronov Zoologiya kafedrasi mudiri lavozimiga tayinlangan.
Kafedrada quyidagi ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yönalişlari böyiça ilmiy tadqiqot olib boriladi:
1. Janubiy Özbekistonning hayvonot olami faunasi bioekologiyasi, ulardan oqilona foydalaniş va muhofaza qiliş.
2. Özbekiston janubida qişloq xöjalik hayvonlari va ekinlari, ular mahsuldorligiga zarar keltiruvçi parazitlar va zararkunandalar bioekologiyasi, ularga qarşi kuraş çora-tadbirlari.
1. Omonova Nafisa Raximovna. Ilmiy iş mavzusi: ""Qaşqadaryo viloyati şaroitida tovuqlar ektoparazitlari faunasi va bioekologiyasi""
va bioekologik xususiyatlari ""
2. Xosilova Guzal Abdiqayumovna.Ilmiy iş mavzusi:"" Kavş qaytaruvçi hayvonlar parazitlari - Paramphistomida Skrjabin et Schulz, 1937 turkumi trematodalari tur tarkibi va bioekologik hususiyatlari (Markaziy va Janubiy Özbekiston misolida)""
3. Orziyeva Yoqutoy Matnazar qizi. Ilmiy iş mavzusi:""Zarafşon toğ tizmasi janubiy yon bağri qorinoyoqli mollyuskalarning bioekologik xususiyatlari"" Barça tadqiqotçilar 03.00.06 Zoologiya ixtisosligi böyiça ilmiy faoliyat yuritmoqda.
2024 yil noyabr oyida Toşov Ötkir Jumayeviç dotsentlik unvonini oldi.
2025 yil may oyida Norqobilova Zarina Boyqobil qizi "" Qaşqadaryo viloyati ninaçilarining (Insecta: Odonata) tur tarkibi, tarqalişi” mavzusida biologiya fanlari falsafa doktori darajasini oldi.
Kafedra Rossiya Federatsiyasining oliy ta’lim muassasalari va institutlari (Oltoy davlat universiteti, Sankt-Peterburg davlat veterinariya tibbiyoti universiteti), Pavlodar pedagogika universiteti nomidagi E. Marğulan (Pavlodar, Qozoğiston) va Özbekiston Milliy universiteti, Samarqand davlat universiteti, Özbekiston Fanlar akademiyasining Zoologiya instituti, Şahrisabz va Qarşi tibbiyot kollejlari, Qaşqadaryo viloyati soğliqni saqlaş boşqarmasi, Qaşqadaryo viloyati xalq ta’limi boşqarmasi va uning hududiy bölinmalari, Qaşqadaryo viloyati don ekinlari seleksiyasi va uruğçilik ilmiy-tadqiqot instituti hamda bir qator işlab çiqariş korxonalari (jumladan, Muborak GQIZ, Qaşqadaryo viloyati ovçilar va baliqçilar sport jamiyati, Qaşqadaryo viloyati ""EKO TUR"" MÇJ, Qaşqadaryo viloyati veterinariya va çorvaçilikni rivojlantiriş boşqarmasi) hamda Özbekiston Respublikasi Veterinariya ilmiy-tadqiqot instituti bilan hamkorlik qilmoqda.
Kafedra professor-öqituvçilarining ilmiy tadqiqot faoliyati viloyat taşkilotlari va korxonalari bilan uzviy hamkorlikda olib borilmoqda.
Ğ.Bobonazarov “Qişloq xöjaligi va uy hayvonlarini qiçima-qötir kasallaridan muhofaza qilişning ekologik xavfsiz integrallaşgan tizimini qöllaş”,
B.Davronov “Ikki pallali mollyuskalardan foydalanib, suv havzalarini tozalaş texnologiyasi”, Rahmatullayev “Tuproq unumdorligini oşirişning ekologik xavfsiz va samarali usuli” mavzularidagi loyihalari bilan respublika innovatsion yarmarkasida iştirok etdilar.
Kafedra qoşida umumbiologik fanlar yönalişi böyiça ilmiy-seminar faoliyat körsatadi. Kafedra professor-öqituvçilarining olib borgan öquv-uslubiy va ilmiy-tadqiqot işlari 5 ta darslik, 8 ta monografiya, 5 ta öquv qöllanma, 7 ta uslubiy qöllanma, 12 ta risola va 500 dan ortiq ilmiy va uslubiy maqolalarda öz aksini topgan.
Zoologiya kafedrasining iqtidorli talabalari universitet, respublika va qolaversa xalqaro miqyosda ötkaziladigan ilmiy anjumanlar, fan olimpiadalari, seminarlar, tanlovlarda faol iştirok etib kelişmoqda.
. 2024-2025 yillar uçun amaliy loyihalar tanlovida kafedra professor-öqituvçilari tomonidan 1 ta loyiha taqdim etildi."
"Qarşi davlat universiteti (Qarşi, Özbekiston) va Altoy davlat universiteti (Barnaul, Rossiya)
Qarşi davlat universiteti (Qarşi, Özbekiston) va E. Marğulon nomidagi Pavlodar pedagogika universiteti (Pavlodar, Qozoğiston)"