Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Iqtisodiyot

Oçilov Akram Odiloviç

Oçilov Akram Odiloviç

  • ILMIY DARAJA
  • UNVON
  • MUTAXASSISLIGI
  • MANZIL ,
  • E-MAIL
  • TELEFON
BATAFSIL

Kafedra tarixi

"Kafedra 1967 yilda ""Siyosiy iqtisod"" nomi bilan taşkil etilgan. 1992 yilda kafedra nomi özgartirildi: ""Iqtisodiyot nazariyasi"" va 2021 yilda ""Iqtisodiyot"" 2012-2013 öquv yilida kafedraga 5231600 – ""Mehnat iqtisodiyoti va sotsiologiyasi"" bakalavriat ta’lim yönalişi böyiça talabalar qabul qilindi. 2023-2024 öquv yilida uşbu ta’lim yönalişi sirtqi ta’lim şaklining sönggi yili bitiruvçilari öqişni tugatdilar. 2020-2021 öquv yilidan boşlab uşbu bakalavriat ta’lim yönalişi nomi va kodi 60411400 – ""Inson resurslarini boşqariş"" deb özgartirildi. Şuningdek, 2021-2022 öquv yilidan boşlab kafedrada 60310100 – ""Iqtisodiyot"" bakalavriat ta’lim yönalişi kunduzgi va sirtqi ta’lim şakllari böyiça bakalavrlar tayyorlanmoqda. 2020-2021 öquv yilidan boşlab magistrantlar 70411401 – ""Inson resurslarini boşqariş"" mutaxassisligiga, 2024-2025 öquv yilidan boşlab esa 70410102 - ""Iqtisodiyot"" mutaxassisligi böyiça magistraturaga öqişga qabul qilindi. Qişki qabul 2023-2024 öquv yilida 3 nafar magistrant öqişni tamomladilar, hozirda 2 ta yönalişda 8 nafar magistrant tahsil olmoqda. Kafedrada 08.00.12 - ""Mintaqaviy iqtisodiyot"" va 08.00.13 -""Menejment"" ixtisosliklari böyiça tayanç doktorantura faoliyat yuritib, unda 3 ta kursda jami 11 nafar tayanç doktorantlar tahsil olmoqdalar. 2023 yildan hozirgi paytgaça kafedrani iqtisodiyot fanlari doktori, professor A.O.Oçilov boşqarib kelmoqda."
"Kafedraning ilmiy-tadqiqot yönalişi mavzusi: -""Oliy ta’lim muassasalari bilan ilmiy işlab çiqariş korxonalari integratsiyasini rivojlantiriş yönalişlari"". Kafedrada 2025-yil 2-3-may kunlari “Yaşil energetika va iqtisodiyot” mavzusida xalqaro ilmiy-amaliy konferensiya bölib ötdi. Anjumanda xorijiy va mahalliy oliy ta’lim muassasalarining professor-öqituvçilari, iqtisodiyot, turizm va marketing sohasi mutaxassislari, doktorant va mustaqil tadqiqotçilar, magistrant va talabalar özlarining ilmiy maqola va ma’ruzalari bilan kunduzgi va sirtqi bölimlarda iştirok etdilar. Bundan taşqari kafedrada hozirgi kunda professor öqituvçilarning Scopus, Web of science kabi xalqaro bazalarda hamda OAK tan olgan mahalliy hamda xalqaro jurnallarda 600 dan ortiq ilmiy işlari, şu bilan birga ularning 20 ga yaqin monografiya, 10 dan ortiq darslik, 20 ga yaqin öquv-qöllanmalari çop etilgan."
Kafedra ilmiy-tadqiqot, ilmiy sohalarda bir neçta xorijiy oliy ta’lim muassasalari bilan hamkorlikni yölga qöygan bölib, ular quyidagilardir: 1. Sankt-Peterburg politexnika universiteti. 2. Sankt-Peterburg davlat universiteti. 3.Rossiya iqtisodiyot universiteti. 4. Rossiya Federatsiyasi hukumati huzuridagi moliya instituti. 5. Moskva şahar pedagogika universiteti. 6. Don davlat texnika universiteti. 7. Qozon Federal universiteti. 8. Belarus davlat universiteti. 9. Belarus milliy texnika universiteti. 10. Boşqirdiston davlat agrar universiteti. 11. Tuva davlat universiteti

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP