Kafedra tarixi
"Kafedra 5120100 – Filologiya va tillarni öqitiş (fransuz tili), 2021-2022 öquv yilidan boşlab esa 60230100 – Filologiya va tillarni öqitiş (fransuz tili) yönalişi böyiça kadrlar tayyorlaydi. 2021-2022 öquv yilidan boşlab magistratura yönalişi ham taşkil etildi. Qarşi davlat universitetida 2001-2002 öquv yilidan boşlab “Fransuz tili” bölimi öz faoliyatini boşladi. 2014 yil fevral oyidan “Fransuz tili va adabiyoti” kafedrasi sifatida katta öqituvçi G.Qöşaeva rahbarligida qayta taşkil etildi.
2019 yildan buyon dotsent А.Zoirova kafedra mudiri sifatida faoliyat olib bormoqda. Kafedrada 3 nafar fan doktori, professor, 3 nafar PhD, dotsent va 2 nafar assistent öqituvçi faoliyat olib bormoqda. Ilmiy salohiyat – 60%. Kafedra professor-öqituvçilari öz ilmiy salohiyatlari va malakalarini oşiriş ustida doimiy iş olib bormoqda. Ular turli yillarda respublikamiz va xorijiy davlatlar tomonidan eʼlon qilingan nufuzli tanlovlarda iştirok etib grant sovrindorlari sifatida xorijiy mamlakatlarning yetakçi oliygohlarida öz malakalarini oşirganlar. Jumladan, G.Qöşaeva Xitoyning Şanxay universiteti va Germaniyaning Myugelze taʼlim markazida, K.Baratova Xitoyning Şanxay universitetida, T.Şermatova, H.Jöraqobilova, H.Hamzaevlar Fransiyaning IMEF institutida, А.Zoirova turli yillarda Fransiyaning la Roşel CEMEA öquv markazi, Bezanson CLА öquv markazi, Xitoyning Şenyan pedagogika universiteti, Fransiyaning Tur “Institut de Touraine” instituti, Nitsa “Cote d’Azur” universitetlarida öz malakalarini oşirib qaytdilar."