Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Lingvistika

Ma'lumot mavjud emas.

Kafedra tarixi

1965-yili xorijiy tillardan malakali mutaxassislar tayyorlaş maqsadida Qarşi davlat pedagogika institutida ingliz va nemis filologiyasi yönalişlariga talabalar qabul qilina boşlandi. Ularga sifatli va yuksak saviyada bilim beriş, respublikamiz janubida xorijiy tillar öqituvçilarining salohiyatni oşiriş maqsadida 1967 yilda Çet tillari (ingliz va nemis tillari) kafedrasi taşkil topdi. 1967-1992 yillar davomida kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Baxodir Samadov boşqargan. 1992-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi taşkil topgan va kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent Bobonazar Öralov, 1993-1995-yillarda filologiya fanlari nomzodi, dotsent Yöldoş Temirov ustozlar boşqargan. 1995-2013-yillar davomida Ingliz tili va adabiyoti kafedrasi mudiri etib filologiya fanlari nomzodi, dotsent Qiyomov Rözi Elboboyeviç tayinlandi. Keyinçalik uşbu kafedrani filologiya fanlari nomzodi, dotsent S. Egamberdiyev, filologiya fanlari nomzodi A. Aliqulov, A. Nazarov, P. Qurbonov, 2018-yildan Ingliz tili va adabiyoti kafedrasidan Lingvistika kafedrasi ajralib çiqdi va filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) M. Daniyeva kafedra mudiri etib tayinlandi. 2020-2025 yillar PhD, dotsent M.K.Omonova mazkur kafedra mudiri lavozimida işlagan.
"Ilmiy işlar Kafedra mudiri M.Omonovaning ""Improve your English through phrasal verbs"", ""Theoretical Phonetics""; katta öqituvçilar: G.Turayevaning ""Theoretical Grammar""; G.Ergaşevaning ""English countrystudy""; R.Nekboyevaning ""Comparative typology""; N. Amirqulovaning ""Lexicology"" B.Latipovning “Paractical English Grammar”, U.Muhtorovaning “The Practise of reading and writing ”, S.Şodixonovning “История и культура стран первого иностранного языка”, O.Otamurodovaning “Language teaching methods and educational technologies” öquv qöllanmalari, bir qança monografiyalar naşr etilgan. Tadqiqotçilar Kafedra mudiri M.Omonova MDLU professori Şeveleva Yevgeniya Olegovna rahbarligida ""Лингвокультурологические особенности полимодальности рекламного дискурса"" (DSc) , G.Turayeva QarDU dotsenti, filologiya fanlari böyiça falsafa doktori A. Axmedov rahbarligida ""Ta’limga oid neologizmlarning leksik-semantik va derivatsion xususiyatlari"", G. Ergaşeva SamDÇTI professori Ş. Safarov rahbarligida ""Predlojniye sochetaniya v pozitsii predikativa i ix sintaktiko-semanticheskiy analiz"" , R.Nekboyeva Qarşi davlat universiteti filologiya fanlari nomzodi, dotsent O.Örinova rahbarligida ""Ingliz va özbek tillari maqollarida fitonim komponentli sözlarning semantik xususiyatlari"", N. Amirqulova NDU filologiya fanlari doktori, dotsent Q. D. Töxtayeva rahbarligida ""Frazeologizmlar tarkibidagi qöşma sözlarning kognitiv-semantik xususiyatlari"", M. Nomozova TDSMU filologiya fanlari doktori, professor I.Yöldoşev rahbarligida ""Özbek tilidagi inglizça özlaşmalarning lingvistik tadqiqi"" mavzusida (PhD) ilmiy darajasini oliş uçun ilmiy tadqiqot olib bormoqda."
BelDU, MDLU (Rossiya Federatsiyasi), Chanakkale Ön Sakkiz Mart universiteti (Turkiya), ÖzDJTU, ÖzMU, SamDÇTI, BuxDU, FarDU, AndDÇTI, NamDÇTI

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP