Qarşi davlat universiteti
180119, Qarşi şahri
Köçaboğ köçasi, 17-uy
kasu_info@edu.uz
Fakultetimiz xalqaro ilmiy va ta’limiy hamkorlikni kengaytiriş borasida faol iş olib bormoqda. Ayniqsa, Turkiya davlatining nufuzli oliy ta’lim muassasalari bilan yaqin aloqalarni yölga qöyganmiz. Jumladan, Marmara Universiteti va Çanakkale Onsekiz Mart Universiteti bilan özaro manfaatli hamkorlikni rivojlantirmoqdamiz. Uşbu universitetlar bilan birgalikda ilmiy tadqiqotlar olib boriş, akademik almaşinuv dasturlarini amalga oşiriş, hamda qöşma konferensiyalar va seminarlar taşkil etiş kabi köp qirrali faoliyat olib borilmoqda. Şuningdek, Markaziy Osiyoda joylaşgan muhim ilmiy va ta’lim muassasalari bilan ham hamkorlik örnatilgan. Jumladan, Tojikiston pedagogika instituti (Panjikent şahri) va Rossiyaning Nejegorod davlat lingvistika universiteti bilan ham doimiy aloqalarimiz mavjud. Uşbu hamkorlik doirasida ikki tomonlama ilmiy tadqiqotlar, professor-öqituvçilar va talabalar almaşinuvi, qöşma ilmiy loyihalar va seminarlar taşkil etiş yölga qöyilgan. Bunday xalqaro hamkorlik fakultetimizning ilmiy salohiyatini oşiriş, zamonaviy ilmiy va ta’limiy tajribalarni özlaştiriş, şuningdek, talabalar va yoş tadqiqotçilarni keng xalqaro maydonda faoliyat olib borişga tayyorlaşda muhim omil hisoblanadi. Hamkor universitetlar bilan ilmiy aloqalarimiz doimiy ravişda rivojlanib, xalqaro standartlarga mos sifatli ta’lim va ilmiy tadqiqotlarni amalga oşiriş imkonini bermoqda.