Kafedra tarixi
Qarşi Davlat Universitetida Psixologiya bölimi 1994 yilda taşkil etilib, uzoq yillar davomida keng profilli psixologlar tayyorlab kelmoqda. Şu yildan e’tiboran bölim qoşida Psixologiya kafedrasi mutaxassis çiqaruvçi kafedra sifatida ham öz faoliyatini boşlagan. Ayni vaqtga qadar kafedrani psixologiya fanlari nomzodi, dotsent G.X.Mazitova, psixologiya fanlari nomzodi, dotsent N.Boymurodov, psixologiya fanlari doktori, professor A.M.Jabborov, psixologiya fanlari nomzodi, professor X.Karimov, psixologiya fanlari doktori (DSc), professor M.X.Fayzieva, psixologiya fanlari doktori (DSc), dotsent Z.X.Fayziev va ayni vaqtda psixologiya fanlari doktori (DSc), professor B.Jurayev boşqarib kelmoqda.
"Kafedrada 6 ta Psixologiya fanlari doktori,
5 nafar professor,
9 nafar psixologiya fanlari nomzodi, dotsentlar va psixologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD) mutaxassislar faoliyat olib bormoqda."
Psixologiya kafedrasi bir qator rivojlangan davlatlar – Turkiya (Nexmeddin Erbekan Universiteti, Akdeniz universiteti), Rossiya (KazanFU Psixologiya instituti, Baltiyskiy gumanitar institut) bilan hamkorlik aloqalari asosida keng kölamli işlar olib bormoqda.