Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Fakultetlar

Filologiya fakulteti

Filologiya fakulteti

Hozirgi filologiya fakulteti tarixi 1945-yil 1-sentabrda Buxoro birlaşgan pedagogika va öqituvçilar institutining Qarşi filiali davriga töğri keladi, çunki öşa davrdan boşlab özbek tili va adabiyoti yönalişi böyiça talaba qabul qilingan. 1952 yili törtta ixtisoslik birlaştirilib, fakultet mavqeidagi bölim (boşliği Abdimömin Qahhorov) taşkil etilgan. 1958 yili rasman özbek tili va adabiyoti fakulteti (tarix bölimi bilan birga) taşkil etildi. Dekanlikka katta öqituvçi Salom Nurov tayinlandi. 1960 yilgaça fakultet tarkibida pedagogika va boşlanğiç ta’lim metodikasi bölimi ham bölgan. 1961 yildan özbek tili va adabiyoti yönalişi tarix-filologiya fakulteti tarkibida faoliyat olib borgan. 1977 yili fakultet ikkiga ajratilib, filologiya (özbek filologiyasi) fakulteti sifatida faoliyat yurita boşladi va 1993 yili filologiya markaziga aylantirildi. 1996 yili özbek tili va adabiyoti fakulteti maqomi yana tiklandi. 2010 yildan esa yana özbek filologiyasi deb ataldi. 2014 yil avgustda tasdiqlangan yangi taşkiliy tuzilmada özbek filologiyasi fakulteti deb nomlandi. Fakultetga turli yillarda A.Qahhorov (bölim boşliği), dekanlar S.Nurov, S.Şodiyev, A.Aşrapov, A.Mamatqulov, T.Örinov, V.Egamberdiyev, A.Mavlonov, F.Eşimov, E.Şodmonov, D.Törayev, P.Ravşanov, B.Yöldoşev, T.Nafasov, A.Ergaşev, N.Şodmonov, B.Mengliyev, G.Ernazarova, I.Xudoynazarov, Ş.Nuriddinov, R.Jumayevlar rahbarlik qilgan. Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi tomonidan 2019-yil 22-noyabrda tasdiqlangan "Qarşi davlat universiteti taşkiliy tuzilmasi" ga va 2019 yil 10-dekabrda bölib ötgan universitet kengaşi qaroriga muvofiq Özbek filologiya fakulteti, Filologiya fakulteti deb nomlandi va ayni paytda uşbu fakultetni dotsent Baxtiyor Rizayev boşqarmoqda.

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP