Kafedra tarixi
2021 yilda «Umumiy fizika» kafedrasi taşkil topgan. Kafedrada 3 ta professor, 3 ta fan nomzodi, dotsent, 2 ta katta öqituvçi, 2 ta assistent öqituvçi va 3 ta tayanç doktorant faoliyat körsatmoqda. Ilmiy salohiyat – 50 %. «Umumiy fizika» kafedrasi 60530500 - Fizika ta’lim yönalişi böyiça mutaxassis çiqaruvçi kafedra hisoblanadi. Kafedrada «70530501 - Fizika (yönalişlar böyiça: optika, magnitooptika, molekulyar optika)» mutaxassisligi böyiça magistratura mavjud.
"Kafedraning ilmiy-tadqiqot faoliyatining ustuvor yönalişlari
1. Muhitlarni molekulyar spektroskopiya asosida tadqiq etiş - prof. B.T.Qöyliyev.
2. Geliofizik tadqiqotlar - prof. B.E.Xayriddinov.
3. Fizika öqitiş metodikasi - dotsent. G.S.Uzoqova.
Kafedradagi yoş tadqiqotçilar:
1. Nekboyev Asqar - 01.04.05-Optika. ""Atrof muxitning vodorod boğlanişli klasterlarning tuzilişi va tebranma spektrlariga ta’siri""
2. Salomov Umid - 01.04.05-Optika. ""Organik krasitellarda içkimolekulyar elektron jarayonlarni spektral namoyon bölişi""
3. Botirov Hayot - 01.04.05-Optika. “Lazer nuri ta’sirida mikro-strukturaviy muhitlarda ikkilamçi nurlaniş”
4. Qurbonova Nafisa - 01.04.05-Optika. “Platina asosli tibbiy dori vositalarini DNK bilan özaro ta’sirini spektral namoyon bölişi”
5. Umarova Saida - 01.04.10-Yarimötkazgiçlar fizikasi. Paxta va ipak tolalarining elektrofizik xossalariga taşqi omillarning ta'siri.
6. Xöjamberdiyeva Jamila - 13.00.02-Ta’lim va tarbiya nazariyasi va metodikasi (Fizika). ""Fizikadan öquv materiallarini tarkiblaştiriş asosida ta’lim oluvçiilarda öquv-tadqiqotçilik faoliyatini rivojlantiriş metodikasi (Uzluksiz fizika ta’limi misolida)"""
"Kafedra ÖzR FA Astronomiya instituti, Samarqand davlat universitetining Muhandislik fizikasi instituti “Optika va spektroskopiya” kafedrasi, Özbekiston Milliy universitetining ""Fotonika"" kafedrasi, Ion-plazma va lazer texnologiyasi va köpgina Respublikamizdagi oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik asosida faoliyat olib bormoqda. Bundan taşqari kafedraning MDH mamlakatlari Oliy öquv yurtlari bilan hamkorlik şartnomalari ham mavjud. Kafedra professor-öqituvçilari Sankt-Peterburg davlat universiteti, Kiyev Milliy universitetlari professorlari bilan hamkorlikda maqolalar çop ettirişmoqda va taşrif buyurişib darslar ötmoqda. 2024-2025 öquv yilida Kiyev Milliy universiteti professori I.Y.Doroşenka hamda dotsentlar A.P.Naumenko, V.S.Kudryalar ZOOM platformasi orqali talabalarga va yoş olimlarga ma’ruzalar öqişmoqda."