Kafedra tarixi
“Özbekiston tarixi” kafedrasiga 1993-yilda asos solingan bölib, 1993-1997 yillarda professor O.Jöraqulov, 1997-2006 yillarda dotsent N.Ismoilov, 2006-2013 yillarda prof.A.Çoriyev mudirlik qildi. 2014-yilda “Özbekiston tarixi” va “Jahon tarixi va arxeologiya” kafedralari birlaştirilib, Tarix kafedrasi taşkil etildi. Qarşi davlat universiteti rektorining 2018-yil 3-dekabrdagi 565-X sonli buyruğiga asosan Ijtimoiy fanlar fakulteti Tarix kafedrasi negizida “Özbekiston tarixi” kafedrasi qaytadan taşkil etildi. 2018-yil 3-dekabrdan 2020-yil fevralgaça t.f.d, professor A.Hasanov, 2020-yil martdan 2025-yil martgaça t.f.d, professor M.Törayeva, 2025-yil aprel oyidan boşlab kafedra mudiri lavozimini t.f.f.d, dotsent A. Açilov davom ettirib kelmoqda. “Özbekiston tarixi” kafedrasida 1993-yildan boşlab tarix ta’lim yönalişi böyiça oliy ma’lumotli va tayanç mutaxassislik diplomini oliş uçun bakalavrlar tayyorlanmoqda. Kafedrada viloyatdagi ijtimoiy rivojlanişda tarixçi mutaxassislarga nisbatan ehtiyojning ortib borayotganligini nazarda tutgan holda, sirtqi va ikkinçi oliy ta’lim yönalişida ham tarixçi mutaxassislar tayyorlanib kelinmoqda. Bundan taşqari kafedrada 70220301-Tarix (yönalişlar va faoliyat turlari böyiça) magistratura mutaxassisligi böyiça kadrlar tayyorlaş yölga qöyilgan bölib, magistr talabalar bevosita kafedradagi professor-öqituvçilar ilmiy rahbarligi ostida Respublika va xalqaro miqyosdagi konferensiyalar, ilmiy jurnallarda öz ma’ruzalari bilan iştirok etib kelmoqdalar.
2024 yil 20-21- may kunlari Özbekiston tarixi kafedrasi tomonidan “Jahon sivilizatsiyalari tizimida Özbekiston tarixi va madaniyati” mavzusida xalqaro konferensiya bölib ötdi. Keyingi yillarda kafedra professor-öqituvçilari tomonidan qator darsliklar, öquv-uslubiy qöllanmalar, monografiyalar naşr etildi. Jumladan, kafedra professori B.Eşov Özbekiston tarixi 1-2 qismlari, professor A.Hasanov Özbekistonning eng yangi tarixi, Tarixiy ölkaşunoslik, tarix fanlari doktori M.Törayeva Özbekistonning janubiy hududlarida ijtimoiy-iqtisodiy madaniy jarayonlarning dolzarb masalalari, dotsent M.Qodirova., Ş. Törayevlar tomonidan Özbekiston tarixi nomli darsliklar naşr ettirildi. Kafedra professor-öqituvçilarining xalqaro va respublika miqyosida ilmiy maqolalari çop etilgan. Jumladan, ular xalqaro anjumanda 34 ta maqola, şuningdek, xalqaro ilmiy jurnallarda 30 ta maqola va milliy ilmiy jurnallarda çop etilgan 42 ta maqola bilan iştirok etdilar.
"1. Turkiya davlati Marmara universiteti
2. Turkiya davlati Chanaqal’a Ön sakkizinçi mart universiteti
3. Panjikent şahridagi Tojikiston pedagogika instituti
4. Qarşi şahar Xalqaro innovatsion universiteti
5. Qarşi şahar Turon universiteti
6. Qarşi şahar Iqtisodiyot va pedagogika universiteti
7. Qarşi şahar Axborot texnologiyalari va menejment universiteti
8. Qaşqadaryo viloyati tarixi va madaniyati davlat muzeyi
9. Qaşqadaryo viloyat Madaniy meros boşqarmasi"