Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor

Djurayev Xurshid G‘aybullayevich

Djurayev Xurshid G‘aybullayevich

Moliya-iqtisod ishlari bo‘yicha prorektor

Djurayev Xurshid G‘aybullayevich1983 yil 19 iyul kuni Qashqadaryo viloyati, G‘uzor tumanida tug‘ilgan. 2005 yil Qarshi muhandislik iqtisodiyot institutini tamomlagan.

Mehnat faoliyatini 2006-yil Qarshi muhandislik-iqtisodiyot instituti o‘quv bo‘limida uslubchi vazifasidan boshlagan. 2006-yil-“Gidrotexnika-irrigatsiya” xusiy ishlab-chiqarish korxonasi xisobchisi, 2006-2015 yillar- Qashqadaryo viloyati hokimligi injiniring kompaniyasi marketing, qurilish dasturlarini tuzish va tanlov savdolarini tashkil etish bo‘limi bosh mutaxassisi, bo‘lim boshlig‘i, iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari, 2015-2017 yillarda Qashqadaryo viloyati G‘uzor tumani hokimining iqtisodiy va ijtimoiy rivojlantirish, xizmat ko‘rsatish va tadbirkorlik masalalari bo‘yicha o‘rinbosari, 2017-yilda Qashqadaryo viloyat hokimligi injiniring kompaniyasining iqtisodiy masalalar bo‘yicha direktor o‘rinbosari hamda Kompaniya direktori vazifasini bajaruvchi, 2017-2019 yillarda “Qishloq qurilish invest” mas’uliyati cheklangan jamiyat injiniring kompaniyasi Qashqadaryo viloyat filiali direktorining iqtisodiy masalalar bo‘yicha o‘rinbosari, 2019-2022 yillarda O‘zbekiston Respublikasi Maktabgacha ta’lim vazirligi huzuridagi “Infratuzilmani rivojlantirish bo‘yicha injiniring kompaniyasi” davlat muassasasining Qashqadaryo viloyati filiali direktori, 2022-2023 yillarda O‘zbekiston Respublikasi “O‘zsuvta’minot”AJ “Suv ta’minoti va oqova suv obyektlari qurilishi bo‘yicha injiniring kompaniyasi” UK Qashqadaryo viloyati xududiy boshqarmasi boshlig‘i lavozimida ishlagan.

2023-yil 17-martdan Moliya-iqtisod ishlari prorektori lavozimida ishlab kelmoqda.

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • Moliya-iqtisod ishlarini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Reja-moliya bo‘limi, buxgalteriya, marketing bo‘limi, xo‘jalik bo‘limlari ishini boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Qurilish, ta’mirlash, obodonlashtirish va ko‘kalamzorlashtirish ishlarini tashkil etish, boshqarish va muvofiqlashtirish;
  • Oliy ta’lim muassasasining mavjud moddiy-texnik bazasi imkoniyati doirasida qo‘shimcha pullik xizmatlarni (noshirlik, maishiy xizmatlar, pullik o‘qitish kurslari, ijara, homiylik, dividend va h.k.) yo‘lga qo‘yish orqali budjetdan tashqari mablag‘larni jalb qilishni kengaytirish va shu orqali professor-o‘qituvchilar va ishchi-xizmatchilarni moddiy rag‘batlantirish yuzasidan takliflar ishlab chiqish;
  • Talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan budjetdan tashqari mablag‘lar va boshqa maxsus budjetdan tashqari mablag‘larni shakllantirish;
  • Davlat budjeti, talabalarni to‘lov-kontrakt asosida o‘qitishdan tushgan va tadbirkorlik asosida topilgan mablag‘larning daromadlar va xarajatlar smetalarini ishlab chiqish, Moliya vazirligidan ro‘yxatdan o‘tkazish uchun tegishli vazirlik va idoralarga taqdim qilinishini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim muassasasi xarajatlar smetalarining bajarilishi, moliyaviy-xo‘jalik faoliyati, valyuta operatsiyalari hisobining yuritilishini nazorat qilish;
  • Oliy ta’lim muassasasining o‘quv-laboratoriya binolari, talabalar turar joylari hamda boshqa yordamchi bino va inshootlarni kuz-qish mavsumi va yangi o‘quv yiliga tayyorlash yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • Iqtisodiyotni erkinlashtirish sharoitida oliy ta’lim muassasasini moddiy-texnik bazasi holatini o‘rganib, uni rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va bajarilishini nazorat qilish;
  • Investitsiyalar jalb qilish bo‘yicha faoliyatni tashkil etish;
  • Mavjud bino va inshotlarni rekonstruksiya va kapital ta’mirlash ishlari loyiha - smeta hujjatlarini ko‘rib chiqib, shartnomalar tuzish, bajarilgan ishlarni qabul qilish va sifatini nazorat qilish;
  • Shtat, budjet va hisob intizomiga to‘g‘ri rioya qilinishini va buxgalteriya hisobi va hisoboti nazoratini tashkil qilish;
  • Budjet va budjetdan tashqari mablag‘lardan, shuningdek, kommunal xizmat turlaridan oqilona va tejamkorlik bilan foydalanish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va ularning bajarilishini ta’minlash;
  • Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari mehnatiga haq to‘lash sharoitlarini yaxshilash, buxgalteriya hisobi va hisobotini rivojlantirish yuzasidan chora-tadbirlar ishlab chiqish va o‘rnatilgan tartibda amalga oshirish;
  • Oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari va xodimlari oylik maoshlari va talabalar stipendiyalarini o‘z vaqtida to‘lanishini ta’minlash;
  • To‘lov kontrakt asosida o‘qiyotgan talabalardan o‘qish uchun to‘lovlar tushishini nazorat qilish.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP