Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Nabiyev Dilmurod Xamidullayeviç

Qarşi davlat universiteti rektori

Nabiyev Dilmurod Xamidullayeviç
  • Ilmiy daraja Iqtisodiyot fanlari doktori (DSc)
  • Ilmiy unvon Professor
  • Mutaxassislik Iqtisodiyot
  • Manzil Rektorat binosi, 2-qavat
  • Elektron poçta
  • Telefon

Mehnat faoliyati

Nabiyev Dilmurod Xamidullayeviç 1978-yil 20-sentyabrda Toşkent şahrida tuğilgan. 2001-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universitetini tamomlagan. Iqtisod fanlari doktori, professor. Milliy tiklaniş demokratik partiyasi a’zosi. Rus va ingliz tillarini biladi.

1996-1997 yilda “TAN-SI” mas’uliyati çeklangan jamiyati marketing bölimi menejeri, 1997-2000 yilda “Özbekinvest” milliy suğurta kompaniyasi menejeri assistenti, 2000-2008 yillarda Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi I toifali stenografisti, yetakçi mutaxassisi, Oliy va örta maxsus ta’lim vaziri yordamçisi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi Ilmiy-tadqiqot faoliyatini muvofiqlaştiriş bölimi boşliği örinbosari lavozimlarida işlagan.

2008-yilda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani örinbosari, 2008-2010 yillarda Toşkent davlat iqtisodiyot universiteti Xalqaro iqtisodiy munosabatlar fakulteti dekani lavozimida faoliyat olib borgan.

2010-2011 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça Davlat maslahatçisi xizmati Fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot masalalari böyiça guruhining yetakçi konsultanti, 2011-2012 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça xizmatining Ta’lim va kadrlarni tayyorlaş milliy dasturini amalga oşiriş guruhining oliy ta’lim masalalari böyiça yetakçi konsultanti, 2012-2014 yillarda Özbekiston Respublikasi Prezidenti devoni Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça xizmatining Fan va ilmiy-texnikaviy taraqqiyot masalalari böyiça guruhining boş konsultanti, 2014-2016 yilda Özbekiston Respublikasi Prezidentining Fan, ta’lim, soğliqni saqlaş va sportni rivojlantiriş masalalari böyiça Davlat maslahatçisi örinbosari, 2016-2017-yilda Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining Ta’lim, ilm-fan va yoşlar siyosati masalalari axborot-tahlil departamenti mudiri, 2017-2018 yilda Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirining birinçi örinbosari hamda 2018-2021yillarda Özbekiston Respublikasi Jismoniy tarbiya va sport vaziri lavozimida faoliyat yuritgan.

2021-yil fevral oyidan Qarşi davlat universiteti rektori lavozimida işlab kelmoqda.

TOP