Bölim tarixi
ismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi öz faoliyatini Vazirlar Mahkamasining 1999-yil 12-yanvardagi “Ijro intizomini mustahkamlaş çora-tadbirlari töğrisida”gi 12-sonli qarori, 1999-yil 29-martdagi 140-sonli qarori, vazirliklar, davlat qömitalari, idoralar, xöjalik birlaşmalari, ularning tarkibiy va hududiy bölinmalarida hujjatlar bilan işlaşni taşkil etiş böyiça Özbekiston Respublikasining Boş vaziri tomonidan 2009-yil 28-avgustda 11-10-son bilan tasdiqlangan, “Ijro intizomining ahvoli monitoringini olib boriş tartibi töğrisida”gi, universitet Nizomi va Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimining Nizomi hamda yillik iş rejasiga asosan faoliyat yuritmoqda.
Bölim nizomi
“JISMONIY VA YURIDIK ŞAXSLARNING MUROJAATLARI BILAN IŞLAŞ, NAZORAT VA MONITORING BÖLIMI”
NIZOMI
1. Umumiy qoidalar
1.1. Qarşi Davlat universiteti Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi öquv-ta’lim jarayonida Özbekiston Respublikasi qonuni, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmonlari, qaror va farmoyişlari Vazirlar Mahkamasining oliy ta’lim sohasiga oid qarorlari, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining meyoriy xujjatlari va uslubiy körsatmalarining ijro etilişini öz vaqtida nazorat va taxlil qiliş hamda ijrosini ta’minlaş maqsadida taşkil etilgan.
1.2. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining “Ta’lim töğrisida”gi qonuni, “Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturi” va Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi “Nizomi” asosida işlab çiqilgan universitet “Nizomi” hamda Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi “Nizomi” asosida amalga oşiradi.
1.3. Jismoniy va yuridik şaxslarning murojaatlari bilan işlaş, nazorat va monitoring bölimi universitetda “Kadrlar tayyorlaş Milliy dasturi”da belgilangan vazifalarni hayotga tadbiq etilişini amalga oşiş, şuningdek: Vazirlik hay’at qarorlari, buyruqlari, universitet Kengaş qarorlari va içki buyruqlari universitet tarkibiy bölinmalari, fakultetlar, kafedralar, akademik litseyi hamda bölimlarda öquv, öquv-uslubiy, ma’naviy-ma’rifiy, ilmiy-tadqiqot işlari va ta’lim sohasidagi meyoriy xujjatlarning bajarilişini nazorat qiladi.