Bölim tarixi
Qarşi davlat universitetida xalqaro reytinglar bilan boğliq işlar 2022 yilda yölga qöyilgan bölib, aynan şu yildan universitet ilk bor Times Higher Education World Universities Rankings, hamda QS WUR xalqaro reytinglariga axborot yuklab, global baholaş tizimlarida iştirokni boşladi. Bu tarixiy qadam universitetning xalqaro maydondagi nufuzini oşiriş yölida muhim asos bölib xizmat qildi.
2023 yilning 1 martidan boşlab reytinglar böyiça işlarni yanada tizimlaştiriş maqsadida Şerzod Temirov “Ilmiy tadqiqot va innovatsion faoliyatni rivojlantiriş bölimi” tarkibida xalqaro reytinglar böyiça mutaxassis sifatida iş boşladi. Amalga oşirilgan sa’y-harakatlar natijasida xalqaro körsatkiçlar böyiça tahlil işlari muntazamlaşdi, ma’lumotlar bazasi şakllandi va xalqaro platformalar bilan aloqalar yölga qöyildi.
Xalqaro reytinglarda samarali iştirok va natijalarning barqarorligini ta’minlaş maqsadida, 2024 yil mart oyida universitet tuzilmasida Xalqaro reytinglar va akkreditatsiya bölimi taşkil etildi. Bugungi kunda mazkur bölimda malakali mutaxassislar — Farrux Aminov, Ramis Karimov va Nurbek Farmonov faoliyat yuritmoqda.
Bölim nizomi
Oliy ta’lim muassasalarining QS va THE hamda GreenMetrics xalqaro reytinglariga kirişini ta’minlaş uçun maqsadli dasturlarni işlab çiqiş va ularni amalga oşiriş.
“Xalqaro reyting va akkreditatsiya bölimi” universitetning xalqaro miqyosda tan olinişini ta'minlaşga va ta'lim sifatini oşirişga qaratilgan strategik faoliyatni amalga oşiradi.
Universitetni xalqaro e’tirof etilgan Quacquarelli Symonds reyting agentligining QS va THE hamda GreenMetrics reytinglariga kiritişni ta’minlaş.
Universitet ta’lim dasturlarini xalqaro talablarga muvofiqlaştiriş orqali xalqaro akkreditatsiya jarayonlarida iştirok etiş va global miqyosda tan olinişini ta’minlaş.
Xalqaro reytinglar va akkreditatsiya bölimi universitetning xalqaro hamkorligini rivojlantiriş, öz ta'lim va ilmiy faoliyatini dunyo miqyosida tan olinişi uçun QS va THE reyting talablari böyiça taklif işlab çiqiş.
Universitet va uning tarkibiy bölinmalarining xalqaro aloqalariga oid ma’lumotlarni Universitet rahbariyatiga tezkorlik bilan taqdim etib boriş.
Qarşi davlat universitetining turli fakultet va kafedralariga xorijiy olimlar/akademiklarni qöşma ilmiy loyihalar, qöşma işlar, qöşma doktorlik dissertatsiyalari, qöşma magistratura va bakalavriat kurslari bilan boğliq va hokazolar böyiça takliflar işlab çiqiş;