Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Axborot xizmati bölimi

Oybek Yusupov Tulayeviç

Oybek Yusupov Tulayeviç

Axborot xizmati bölimi boşliği

Bölim tarixi

Qarşi davlat universiteti Axborot xizmati bölimi (keyingi örinlarda Axborot xizmati) universitet boşqaruvi organi markaziy apparatining mustaqil tarkibiy bölinmasi hisoblanadi hamda bevosita uning rektoriga böysunadi. Axborot xizmati rahbari universitet rektorining matbuot kotibi – uning axborot masalalari böyiça maslahatçisi maqomiga ega. Universitetda Axborot xizmati faoliyati Özbekiston Respublikasi Prezidentining “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi 2019-yil 27-iyundagi PQ—4366-son qarori talablari asosida taşkil etilgan. 2023-yil yanvar oyidan Axborot xizmati bölimi sifatida qayta şakllantirildi.

Bölim nizomi

Qarşi davlat universiteti Axborot xzmati bölimi NIZOMI I. Umumiy qoidalar 1. Qarşi davlat universitetining (keyingi örinlarda – universitet) Axborot xizmati bölimi (keyingi örinlarda – bölim) Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2019-yil 27-iyundagi “Ommaviy axborot vositalari mustaqilligini ta’minlaş hamda davlat organlari va taşkilotlari axborot xizmatlari faoliyatini rivojlantiriş böyiça qöşimça çora-tadbirlar töğrisida”gi PQ-4366-son qarori asosida hamda universitet Kuzatuv Kengaşining 2023-yil 24-yanvardagi 1-son yiğiliş bayoniga muvofiq taşkil etilgan. 2. Bölim Qarşi davlat universitetining tarkibiy bölinmasi bölib, universitet faoliyati haqida ommaviy axborot vositalari, ijtimoiy tarmoqlar va boşqa axborot resurslari orqali xalqqa muntazam, töliq va tezkor tarzda axborot berib boriş işlarini taşkil etişni amalga oşiradi. 3. Bölim öz faoliyatini Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasi va qonunlariga, Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisi palatalarining qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Prezidentining farmon va qarorlariga, Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining qarorlariga, Oliy taʼlim, fan va innovatsiyalar vazirligining hayʼat qarorlari buyruqlari, universitet Ustavi, universitet Kengaş qarorlari, universitet rektorining buyruqlari va mazkur nizomga muvofiq olib boradi. 4. Bölim bevosita universitet rektoriga böysunadi. II. Bölimning vazifalari va funksiyalari 5. Bölimning asosiy vazifalari quyidagilardan iborat: zamonaviy talablarga muvofiq universitetning axborot siyosatini şakllantiriş, uning yönalişlarini işlab çiqiş va amalga oşirişda iştirok etiş; universitet imijini şakllantiriş va rivojlantiriş, taʼlim muassasasi haqida jamoatçilik fikrini, ijtimoiy sörovlar ötkaziş va boşqa şakllar orqali örganiş hamda unga taʼsir körsatiş; axborot sohasidagi yagona davlat siyosatini amalga oşiriş borasida Özbekiston Respublikasi Prezidenti Administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi bilan samarali va amaliy hamkorlikni yölga qöyiş; ommaviy axborot vositalari bilan özaro hamkorlik qiliş, axborot xizmati bilan doimiy hamkorlikda işlaydigan jurnalistlar va blogerlar doirasini hamda qabul qilingan qarorlar va normativ-huquqiy hujjatlar loyihalarini aholining keng qatlamlariga yetkaziş, xolis va öz vaqtida şarhlab boriş maqsadida ekspertlar guruhini şakllantiriş; matbuot anjumani, brifing, media-tur kabi ommaviy axborot vositalariga axborot berişga möljallangan tadbirlar taşkil etiş; taʼlim muassasasi rahbarlarining ommaviy axborot vositalarida çiqişlarini taşkil etiş. 6. Bölim öziga yuklatilgan vazifalarni bajariş maqsadida quyidagi funksiyalarni amalga oşiradi: a) axborotni universitetning rasmiy veb-sayti, ijtimoiy tarmoqlar, mobil messenjerlardagi sahifalarida tezkor joylaştiriş va öz vaqtida yangilab boriş; b) axborot maydoni monitoringini olib boriş va tahlil qiliş, universitet faoliyati yuzasidan tanqidiy-tahliliy, aholining keng muhokamasiga sabab bölayotgan çiqişlarga tezkor munosabat bildiriş, ommaviy axborot vositalarida, Internet jahon axborot tarmoğida materiallar tarqatiş işlarini taşkil etiş; d) milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalari orqali tarqatiş uçun xabar, maʼlumot, şarh va boşqa axborot-tahliliy materiallar tayyorlaş; e) universitet faoliyatiga nisbatan jamoatçilik fikrini hamda milliy va xorijiy ommaviy axborot vositalarining pozitsiyasini örganiş, zarur takliflarni işlab çiqiş va ular töğrisida rahbariyatiga axborot berib boriş; f) universitetning faoliyatiga aloqador normativ-huquqiy hujjatlar loyihalari hamda ularning tasdiqlangan matnini rasmiy veb-saytga joylaştiriş; g) universitetning faoliyatiga aloqador matnli, foto-, audio- va videomateriallardan iborat maʼlumotlar bankini şakllantiriş va yangilab boriş. III. Bölimning huquq va majburiyatlari 7. Bölim öziga yuklatilgan vazifa va funksiyalarni bajarişda quyidagi huquqlarga ega: öz faoliyati sohasiga oid takliflar bilan universitet Kengaşiga va universitet rektoriga murojaat qiliş; tarkibiy bölinmalardan zarur maʼlumot va hujjatlarni belgilangan tartibda oliş; öz faoliyatiga taalluqli masalalar yuzasidan majlislar va yiğilişlar ötkaziş; mazkur Nizomda belgilangan vazifa va funksiyalarni amalga oşiriş maqsadida fakultetlar, kafedralar va tarkibiy bölinmalar hamda boşqa nodavlat notijorat taşkilotlari bilan bevosita va bilvosita hamkorlik qiliş; Bölim qonun hujjatlariga muvofiq boşqa huquqlarga ham ega bölişi mumkin. 8. Bölim: universitet Kengaşining qarorlari va rektorining buyruqlarida bölimga yuklatilgan vazifalar ijrosini taʼminlaşga; öz faoliyati haqida universitet Kengaşi va universitet rektoriga muntazam ravişda axborot berib borişga; bölimning iş rejalarini tuziş va ularni ijrosini taʼminlaşga; Özbekiston Respublikasi Prezidenti va hukumati tomonidan qabul qilingan hujjatlar mazmunini talabalarga matn, foto va video şaklida yetkazib borişga; har yarim yillik natijalar böyiça hisobot taqdim etişga; universitet Içki tartib-qoidalari, Odob-axloq kodeksi va boşqa lokal hujjatlarga rioya etişga majbur. Bölim qonun hujjatlariga muvofiq boşqa majburiyatlarni ham bajarişi mumkin. IV. Bölim faoliyatini taşkil etiş tartibi 9. Bölimga universitet rektori tomonidan lavozimga tayinlanadigan va lavozimidan ozod qilinadigan rahbar boşçilik qiladi. Bölim boşliği öz faoliyatida bevosita rektorga böysunadi va uning oldida hisobdordir. 10. Bölim xodimlari qoida tariqasida, jurnalistika va filologiya mutaxassisliklariga ega bölgan kadrlardan taşkil topadi. Bölimga uning zimmasiga yuklangan vazifalar va funksiyalarni bajariş uçun boşqa yönalişlardan ham mutaxassislar jalb qilinişi mumkin. 11. Bölim boşliği: bölim faoliyatiga rahbarlik qiladi hamda bölimga yuklangan vazifalar va majburiyatlar bajarilişi uçun şaxsan javob beradi; bölim xodimlari örtasida vazifalarni taqsimlaydi; bölimning iş rejasi va hisobotlarini tayyorlaş uçun masʼul hisoblanadi; universitet rektoriga bölim faoliyatiga oid muhim masalalar yuzasidan muntazam ravişda axborot beradi; universitetning Içki-tartib qoidalari hamda Odob-axloq kodeksi talablariga rioya etadi; universitet va öziga yuklatilgan bölim faoliyat samaradorligini oşiriş borasida izlanişlar olib boradi; universitet rahbariyatiga xodimlarni rağbatlantiriş, intizomiy javobgarlikka tortiş töğrisida takliflar kiritadi; bölim xodimlaridan mehnat intizomini buzganlik, yuklatilgan vazifalarni öz vaqtida yoki lozim darajada bajarmaganlik holatlari yuzasidan tuşuntirişlar oladi; öz vakolati doirasida tegişli hujjatlarni imzolaydi; bölim xodimlari örtasida vazifalarni taqsimlaydi va funksional vazifalar, aniq topşiriqlarning bajarilişi uçun har bir xodimning javobgarlik doirasini belgilaydi; universitet rahbariyati topşiriqlari, buyruqlari va körsatmalarining xodimlar tomonidan bajarilişini tekşiradi, hujjatlarning öz vaqtida ijro etilişini nazorat qiladi; öz vakolatlari doirasida boşqa vazifalarni amalga oşiradi. 12. Bölim xodimlari: zimmasiga yuklatilgan vazifalarni amalga oşirilişini taʼminlaydi; bölim boşliğining körsatmalarini bajaradi; öz zimmasiga yuklatilgan vazifalarning sifatli va öz vaqtida bajarilişi uçun şaxsan javobgardir. Xizmat vazifalarini bajariş vaqtida yuklatilgan vakolatlar doirasidan çetga çiqqanliklari, şuningdek, qonunga xilof harakatlar yoki harakatsizligi, xizmat vazifalarini bajarmaganliklari yoxud lozim darajada bajarmaganliklari va xizmat etikasi qoidalarini buzganliklari uçun bölim xodimlari qonun hujjatlarida belgilangan tartibda intizomiy yoki boşqa turdagi javobgarlikka tortiladi. 13. Rahbariyatning topşiriğiga muvofiq bölimga boşqa vazifalar ham yuklatilişi mumkin. V. Yakuniy qoida 14. Bölimni qayta taşkil etiş va tugatiş qonun hujjatlarida belgilangan tartibda amalga oşiriladi.

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP