Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Bekpulatov Ilhom Rustamovich

Bekpulatov Ilhom Rustamovich

Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor

Bekpulatov Ilhom Rustamovich 1985-yil Surxondaryo viloyati Termiz shahrida tug‘ilgan. 2008-yilda Termiz davlat universitetini (bakalavr), 2012-yilda Samarqand davlat universitetini (magistratura) tamomlagan. Fizika-matematika fanlari doktori, dotsent.

Ilhom Bekpulatov o‘z faoliyatini 2012-yilda Samarqand davlat universitetida laborant sifatida boshlab, turli yillarda Toshkent davlat texnika universitetida Nazariy elektrotexnika va elektron texnologiyalar kafedrasi assistenti, Umumiy fizika kafedrasi katta ilmiy xodim izlanuvchisi, Umumiy fizika kafedrasi katta o‘qituvchisi, FVV Akademiyasi Umumilmiy fanlar kafedrasi katta o‘qituvchisi, Toshkent davlat texnika universiteti Umumiy fizika kafedrasi dotsenti va Toshkent davlat texnika universiteti Biotibbiyot muhandisligi kafedrasi mudiri lavozimida ishlagan. 2023-yil 23-sentabrdan Ilmiy ishlar va innovatsiyalar bo‘yicha prorektor lavozimida ishlab kelmoqda.

  • O‘zbekiston Respublikasi qonunlari, Prezident farmonlari va farmoyishlari, Oliy Majlis va Vazirlar Mahkamasining ta’lim va kadrlar tayyorlash sohasidagi qarorlarini amalga oshirishni tashkil etish;
  • Davlat ta’lim standartlari asosida o‘quv, ilmiy, moliyaviy va ma’naviy-tarbiya ishlarini tashkil etish va malakali kadrlar tayyorlashni ta’minlash;
  • Davlat ta’lim standartlariga muvofiq bilimlar mazmuni va tayyorgarlik darajasiga qo‘yiladigan talablar majmuasini barcha dekanlar va bo‘limlar, kafedra mudirlari va pedagog o‘qituvchilarning to‘liq bilishini ta’minlash;
  • OTMning ilmiy laboratoriya, kafedra va boshqa ilmiy bo‘linmalarining faoliyatiga umumiy rahbarlik qilish va nazoratini olib borish hamda ilmiy loyihalar va grantlarni jalb etish, innovatsiyalarni joriy etish masalalarini yechish;
  • O‘quv-uslubiy va ilmiy ishlar materiallarini, shu jumladan, jurnallar va ilmiy ishlar to‘plamlarini OTM xodimlari tomonidan tayyorlash va nashr etish jarayoni hamda OTMning barcha ta’lim va ilmiy faoliyat yo‘nalishlari bo‘yicha o‘quv-uslubiy va ilmiy davriy nashrlar bilan kutubxona fondini to‘ldirib turish bo‘yicha umumiy rahbarlikni olib borish;
  • Ilmiy, ilmiy-amaliy anjumanlarni rejalashtirish, tashkil etish va o‘tkazishni muvofiqlashtirish hamda boshqa tashkilot va korxonalarda o‘tkaziladigan ilmiy anjumanlarda OTM professor-o‘qituvchilari va xodimlari ishtirokini ta’minlash, OTMda ilmiy maktablarni shakllanishiga ko‘maklashish, samarali ilmiy faoliyatni rag‘batlantirish ishlarini olib borish;
  • OTMda magistratura, stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar va katta ilmiy xodim institutlarini rivojlantirish orqali yuqori malakali ilmiy pedagogik kadrlar tayyorlanishini ta’minlash hamda OTM xodimlarining o‘z vaqtida ilmiy unvonlar olishi va ixtisoslashgan kengashlar ochilishiga ko‘maklashish;
  • Iqtidorli yoshlarni qidirish, saralash va ular bilan ishlash jarayonlarini boshqarish va ularga ko‘maklashish;
  • Xalqaro bo‘lim bilan hamkorlikda chet el grantlarining ilmiy tadqiqot qismi mavzusini va mazmunini shakllantirishda hamda tasdiqlashda qatnashish;
  • Barcha ilmiy tadqiqot ishlari, loyihalari va grantlarni bajarish, ilmiy anjumanlarni o‘tkazish monitoringini olib borish, yuqori tashkilotlar uchun barcha zarur hisobotlarni shakllantirish va taqdim (himoya) etish;
  • Talaba va stajyor-tadqiqotchi-izlanuvchilar orasidan O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti, Navoiy, Beruniy, Ulug‘bek, Zulfiya va boshqa nomdagi nufuzli stipendiya sovrindorlarini tayyorlash jarayonini boshqarish;
  • OTMda ilmiy faoliyatni rivojlantirish uchun zarur moddiy-texnik bazasini yaratish, tegishli ilmiy asbob-uskunalar bilan ta’minlash va taqsimlash jarayonlarini boshqarish va muvofiqlashtirish.

Biz bilan bog‘lanish

Hamkorlik, takliflar va murojaat uchun

TOP