Maxsus imkoniyatlar

Şrift ölçami
Köriniş

Axborot-resurs markazi

Dusyorova Klara Narmuminovna

Dusyorova Klara Narmuminovna

Direktor

  • Ilmiy daraja Filologiya fanlari böyiça falsafa doktori (PhD)
  • Ilmiy unvon Dotsent
  • Speciality Kutubxonaşunos bibliograf
  • Manzil Axborot-resurs markazi, 180119, Qarşi şahri, Köçaboğ köçasi, 17-uy
  • E-MAIL library@qarshidu.uz
  • TELEFON +998 (91) 643-81-51

Bölim tarixi

Dastlab bu muassasa Universitet kutubxonasi şaklida 1946 yilda taşkil etilgan.Özbekiston Respublikasi Prezidentining 2006 yil 20 iyundagi “Respublika aholisiga axborot-kutubxona xizmati körsatişni taşkil etiş töğrisida”gi PQ-381 son qarorga köra Axborot-resurs markaziga aylantirilgan. Hozirgi kunda markaz jamğarmasida 19776 nomda, 365593 nusxa öquv ,ilmiy ,badiiy va boşqa sohalarga doir adabiyotlar mavjud.Markaz jamğarmasi har yili örtaça 8000 (sakkiz ming) nusxa adaboyotlar bilan boyitiladi. Jamğarmaning asosiy qismini oliy öquv yurti talabalari uçun möljallangan darslik va qöllanmalar taşkil qiladi. Xususan, 2024 yilda markaz jamğarmasiga 12 nomda, 69 nusxa gazeta, 50 nomda, 111 nusxa ilmiy ijtimoiy-siyosiy va iqtisodiy masalalarga bağişlangan jurnallar berilib, bu jamğarma asosida köp sonli professor-öqituvçilar va talabalarga xizmat qilinmoqda. Markaz tarkibida 5 ta bölim: 1. Axborot kutubxona resurslari bilan xizmat körsatiş, 2. Axborot kutubxona resurslarini butlaş, kataloglaştiriş va tizimlaştiriş, 3. Ilmiy-uslubiy va axborot-ma`lumot (davriy naşrlar), 4. Elektron axborot resurslari 5. Xorijiy axborot-kutubxona resurslari bilan işlaş bölimlari faoliyat olib boradi.Şu bilan birga tibbiyot fakulteti, filologiya fakulteti, Koson tumanida 3 ta tarmoq talabalar va aholiga axborot va kitob xizmati körsatilmoqda. Markazda 140 örindiqli 2 ta öquv zali ,2 ta maxsus jihozlangan kompyuter xonalari,2 ta lingafon xona, Universitet professor-öqituvçilari uçun “Ilmiy izlanişlar zali”,Qarşi şahridagi 10 ta mahalla yoşlariga xizmat körsatuvçi “Mahalla yoşlari xonasi” kitobxon va foydalanuvçilarga xizmat körsatmoqda. Markazda jami 42 nafar xodim xizmat körsatadi.

Bölim nizomi

Özbekiston Respublikasi oliy ta`lim fan va innovatisiyalar vazirligi Qarşi davlat universiteti rektori D.Nabiyev Qarşi davlat universiteti axborot-resurs markazi Nizomi 1. Umumiy qoidalar 1.1. Axborot-resurs markazi (keyingi örinlarda ARM deb ataladi) ta’lim muassasasi huzurida Özbekiston Respublikasi Prezidentining ―Respublika aholisini axborot-kutubxona bilan ta’minlaşni taşkil etiş töğrisidagi 2006 yil 20 iyundagi qarori asosida taşkil etiladi. 1.2. ARM ta’lim muassasasi rahbariyatiga böysunadi. 1.3. ARM ta’lim muassasasi tomonidan uning tarkibiy bölinmasi sifatida mablağ bilan ta’minlanadi. 1.4. ARM öz faoliyatida Özbekiston Respublikasi Konstitutsiyasiga, qonunlariga, ta’lim muassasalari boşqaruv organlarining qarorlari, buyruqlari va boşqa me’yoriy-huquqiy hujjatlariga, ta’lim muassasasi ustaviga, rahbariyatning buyruqlari va farmoyişlariga, içki tartib qoidalariga hamda uşbu Nizomga amal qiladi. 1.5. ARM öz faoliyati bilan aholi barça qatlamlarining axborot resurslari va kutubxona fondidan erkin foydalanişga huquqini ta’minlaydi. 1.6. Axborot-resurslari va kutubxona fondidan foydalaniş tartibi, asosiy xizmatlar röyxati, ularni körsatiş şartlari, foydalanuvçilarning huquqlari va javobgarligi ARMdan foydalaniş qoidalarida belgilanadi. 1.7. ARMga umumiy rahbarlik qiliş Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi tomonidan amalga oşiriladi. 1.8. Barça idoralarning ARMlari işlariga umumiy taşkiliy-metodik rahbarlikni, ularning işlarini muvofiqlaştirişni Özbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Respublika axborot-kutubxona tizimi faoliyatini muvofiqlaştiriş böyiça Idoralararo kengaş idoraviy va hududiy metodik markazlar tizimi orqali: Özbekiston Milliy kutubxonasi - barça idoralar uçun respublika metodik markazi, Idoralararo kengaşning işçi organi orqali Mirzo Uluğbek nomidagi Milliy universitetning ilmiy kutubxonasi - Oliy öuv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali; Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi tizimi kadrlarini qayta tayyolaş va malakasini oşiriş instituti - Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi muassasalari ARMlarining metodik markazi orqali; Respublika ilmiy-pedagogika kutubxonasi – Umumta’lim öquv yurtlari ARMlarining metodik markazi orqali; Qoraqalpoğiston Respublikasi, viloyatlar va Toşkent şahar axborot-kutubxona markazlari - mintaqaviy metodik markazlar orqali amalga oşiradi. 1.9. Markazning töliq nomi: Qarşi davlat universiteti axboro-resurs markazi. 1.10. Markazning yuridik manzili: Qarşi şahri, Köçaboğ köçasi, 17-uy. 2. Asosiy vazifalari 2.1. Axborot texnologiyalaridan foydalangan holda foydalanuvçilarning muntazam ta’lim olişiga va mustaqil ravişda ta’lim olişiga kömaklaşiş. 2.2. Milliy ma’naviy-axloqiy qadriyatlarni keng tarğib qiliş va xalqning madaniy-tarixiy merosidan bahramand bölişni ta’minlaş, ma’naviy boy va uyğun kamol topgan şaxsning ijodiy ösişi uçun imkoniyatlar yaratiş. 2.3. Axborotlarga bölgan talablarga muvofiq va ARM ma’lumotlar qidiriş apparati tizimi orqali har qanday fondlardan keng foydalangan holda yangi axborot texnologiyalari (ma’lumotlarning elektron bazalari, Internet resurslari) asosida aholiga zarur darajada axborot xizmati körsatiş. 2.4. Kutubxona-axborot madaniyatini tarbiyalaş, foydalanuvçilarni axborotlar qidirişning zamonaviy metodlariga öqitiş. 2.5. Kutubxona-axborot jarayonlarining zamonaviy texnologiyalarini va kompyuterlaştirişni joriy etiş asosida işlarni takomillaştiriş. 2.6. Ta’lim muassasasi sohasiga va foydalanuvçilarning axborotlarga bölgan ehtiyojlariga muvofiq axborot-kutubxona fondini şakllantiriş. Ma’lumotlar qidiriş apparatini, ma’lumotlar bazalarini, kataloglar va kartotekalarni taşkil etiş va yuritiş. 2.7. Madaniy, ta’lim, axborot va boşqa dasturlar, loyihalar, aksiyalarni birgalikda amalga oşiriş, şuningdek foydalanuvçilarning hujjatlarga va axborotlarga ehtiyojlarini yanada töliq qondiriş uçun ARMlar, axborot-kutubxona markazlari (AKMlar), kutubxonalar, ta’lim muassasalari, özini özi boşqariş organlari, ijtimoiy ta’minot xizmatlari, milliy madaniy markazlar bilan hamkorlikni, faoliyatni muvofiqlaştiriş va kooperatsiyalaşni rivojlantiriş. 2.8. Kutubxona xizmatlari röyxatini kengaytiriş, ARMni texnik jihozlaş, kutubxona-axborot jarayonlarini kompyuterlaştiriş asosida xizmatning sifatini oşiriş. 3. Asosiy funksiyalari 3.1. Öquv zallarida, abonementlarda hamda yagona kitobxon bileti böyiça kitoblar berişning boşqa punktlarida, yakka tartibda va guruhlar böyiça xizmat körsatiş metodlarini qöllangan holda, foydalanuvçilarga tabaqalaştirilgan xizmat körsatişni taşkil etadi. 3.2. Öquv yurti kafedralarida, öquv markazlarida, laboratoriyalarida şakllantirilgan elektron axborot resurslarini töplaş, tizimlaş, kataloglaştirişni amalga oşiradi. Elektron kataloglaştiriş bibliografik axborotni taqdim etiş va uzatişning xalqaro formatlari (MARS formatlari) talablariga qatiy muvofiq holda olib boriladi. 3.3. Foydalanuvçilarni asosiy kutubxona-axborot xizmatlari bilan bepul ta’minlaydi: • kataloglar, kartotekalar tizimi va kutubxona axborotlari berişning boşqa şakllari orqali kutubxona fondi tarkibi töğrisida töliq axborot beradi; • matbaa asarlari va boşqa hujjatlarni qidiriş va tanlaşda maslahat yordami körsatadi; • kutubxona fondlaridan hujjatlarni vaqtinça foydalaniş uçun beradi; • boşqa ARM, AKM va kutubxonalardan kutubxonalararo abonement böyiça hujjatlar oladi; • ta’lim muassasasining ilmiy va öquv işlariga yordam sifatida bibliografik körsatkiçlar, adabiyotlar röyxatlari tuzadi; tematikadresli va boşqa bibliografik ma’lumotlar beradi; bibliografik obzorlar ötkazadi; kitob körgazmalari taşkil qiladi; • foydalanuvçilar, rahbariyat, professor-öqituvçilar tarkibi, ilmiy xodimlar va aspirantlarning axborotlarga bölgan ehtiѐjini aniqlaydi, örganadi va muntazam ravişda aniqlaştirib boradi. • Professor-öqituvçilar, kitobxon talabalar, kutubxonaçi va tarğibotçilar örtasida “Eng kitobxon öqituvçi”, “Eng kitobxon tyutor”, “Eng kitobxon talaba “, “Eng faol kutubxonaçi” kabi körik-tanlovlarini taşqil qiliş va tanlovlarda iştirok etiş. 3.4. Foydalanuvçilarga boşqa xizmatlar, şu jumladan röyxati ARMdan foydalaniş qoidalarida belgilanadigan pullik xizmatlar körsatadi. Kiçik va örta biznes korxonalariga, uyuşmalar va boşqa taşkilotlarga şartnomalar böyiça kutubxona-axborot xizmati körsatişni taşkil qiladi. Kitobxonlarga kutubxonalararo abonement böyiça, şu jumladan elektron poçtadan foydalangan holda xizmat körsatadi. 3.5. Axborotlarni qidirib topiş, ularni mustaqil ta’lim olişda, öquv jarayonida va ilmiy işlarda qöllaniş, kutubxonaning ma’lumotnoma-bibliografik apparatiga, axborot tizimlariga va ma’lumotlar bazalariga tayaniş könikmalarini şakllantiradi. 3.6. Foydalanuvçilar uçun informatika, kutubxonaşunoslik va bibliografiya asoslari böyiça maşğulotlar taşkil qiladi. 3.7. Mintaqaning boşqa ARM, AKM va kutubxonalari bilan muvofiqlaştirgan holda aholining kitoblarga bölgan talablari, şuningdek ta’lim kasb-hunar dasturlari, öquv rejalari hamda ilmiy tadqiqotlar tematikalariga muvofiq fondni töldirişni ta’minlaydi. Öquv, ilmiy, davriy, ma’lumotnoma, badiiy adabiyotlar va boşqa turdagi naşrlarni sotib oladi. 3.8. Fondlarni töldiriş manbalarini mustaqil ravişda belgilaydi. ARM, AKM, kutubxonalar hamda respublikadagi boşqa muassasa va taşkilotlar bilan kitoblar ayirboşlaşni, şuningdek zaruriyatga köra xorijiy mamlakatlarning kutubxonalari va taşkilotlari bilan xalqaro kitoblar ayirboşlaşni amalga oşiradi. 3.9. Fondlarni töldiriş rejalariga tuzatişlar kiritiş, ta’lim muassasalari uçun adabiyotlar çiqarişni rejalaştiriş hamda foydalanuvçilarning va fondlar tarkibining axborotlarga bölgan ehtiyojlariga muvofiqlaştiriş maqsadida kitobxonlar talabi qondirilişi darajasini örganadi. Barça toifadagi foydala- nuvçilarning öquv va ilmiy-ommabop adabiyotlar bilan ta’minlanganligini tahlil qiladi. Ilğor axborot-kutubxona texnologiyasini, tadqiqot işlari natijalarini joriy etadi. Kitobxonlar qiziqişlarini örganiş maqsadida sotsiologik tadqiqotlar ötkazadi 3.10. Fondlarni hisobga oliş va joylaştirişni amalga oşiradi, ularning saqlanişini, saqlaş rejimini, hujjatlar nusxasini olişni va mikrofilmga köçirişni ta’minlaydi. 3.11. Hujjatlarni hisobdan çiqarişning ta’lim muassasasi rahbariyati bilan kelişilgan tartibiga, amaldagi me’yoriy va huquqiy hujjatlarga muvofiq hujjatlarni kutubxona fondidan çiqaradi va sotadi. Sohaga oid bölmagan va ortiqça, öxşaş nusxa adabiyotlarni qayta taqsimlaşni amalga oşiradi. Kitoblarni belgi- langan tartibda aholiga sotişni taşkil qiladi. 3.12. Fondlarni köp sohali bibliografik aks ettiriş yordamida an’anaviy va elektron manbalarda kataloglar va kartotekalar tizimini yuritadi. Kitobxonlarga avtomatlaştirilgan rejimda tezkorlik bilan turli xizmatlar körsatiş imkonini beradigan respublika yiğma kataloglarni, şu jumladan elektron kataloglarni tuzişda qatnaşadi. 3.14. Boşqa ARMlar, kafedralar, ilmiy jamiyatlar, ta’lim muassasalarining jamoat taşkilotlari, respublika AKMlari bilan ijodiy va axborot aloqalarini rivojlantiradi. 3.15. Kutubxonalar, arxivlar, ma’lumotlarning axborot bazalariga ega bölgan boşqa korxonalar, muassasalar, taşkilotlar bilan amaldagi qonun hujjatlariga, davlat dasturlariga, şuningdek muassasalar va taşkilotlar örtasida tuzilgan şartnomalarga muvofiq özaro hamkorlik qiladi. 4. ARMlarning huquq va majburiyatlari 4.1. ARM quyidagi huquqlarga ega: • Nizomda körsatilgan maqsadlar va vazifalarga muvofiq öz faoliyatining mazmunini va aniq şakllarini mustaqil ravişda belgilaş; • ARM tuzilmasini, ştat röyxatini va undan foydalaniş qoidalarini işlab çiqiş hamda ularni ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlaş; • markazga berilgan mablağlarni tasarruf etiş; • yagona tarif setkasi asosida, mehnatga haq tölaş fondi doirasida lavozim maoşlarini; lavozim maoşlariga ustamalar vaqöşimça tölovlarni; xodimlarni mukofotlaş tartibi va miqdorlarini belgilaş; • Axborot-kutubxona fondining electron naşrlar bazasini yaratiş foydalanuvçilarga interaktiv axborot-kutubxona xizmati kursatiş • ARMdan foydalaniş qoidalariga muvofiq, foydalanuvçilar tomonidan ARMga yetkazilgan zararni undiriş turlari va miqdorlarini belgilaş; • yuridik va jismoniy şaxslar bilan şartnomalar asosida ARMning kutubxona fondidan foydalaniş şartlarini belgilaş; • ta’lim muassasasining ta’lim kasb-hunar dasturlari, öquv rejalari, ilmiy-tadqiqot işlari tematikasi bilan tanişiş. Uning tarkibiy bölinmalaridan ARM oldiga qöyilgan vazifalarni hal etiş uçun zarur bölgan materiallar va ma’lumotlarni oliş; • turli muassasalarda, taşkilotlarda ta’lim muassasasi nomidan vakillik qiliş, kutubxona va axborot-bibliografik faoliyat masalalari böyiça ilmiy konferensiyalar, yiğilişlar va seminarlar işida bevosita qatnaşiş; • boşqa ARMlar, kutubxonalar, taşkilotlar bilan belgilangan tartibda yozişmalar olib boriş; • amaldagi qonun hujjatlarida belgilangan tartibda axborot-kutubxona birlaşmalariga kiriş; • axborot-kutubxona işini rivojlantirişning davlat va mintaqaviy dasturlarini amalga oşirişda tanlov yoki boşqa asosda qatnaşiş; • xorijiy davlatlarning ARMlari, kutubxonalari hamda boşqa muassasa va taşkilotlari bilan belgilangan tartibda hamkorlikni amalga oşiriş, şu jumladan zaruriyatga köra xalqaro kitoblar ayirboşlaşni yuritiş, belgilangan tartibda xalqaro taşkilotlarga a’zo bölib kiriş, xalqaro kutubxonaçilik va boşqa dasturlarni amalga oşirişda qatnaşiş. 4.2. ARM fondlarning saqlanişi uçun javob beradi. 4.3. Ta’lim muassasasi ARM özining vakolatiga taalluqli funksiyalarning bajarilmagani uçun qonun hujjatlarida belgilangan tartibda javob beradi. 4.4. Kutubxona - axborot fondlariga zarar yetkazilişida aybdor bölgan ARM xodimlari amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda javob beradilar. 4.5. ARM xodimlarining mehnat munosabatlari Özbekiston Respublikasi qonun hujjatlariga muvofiq tartibga solinadi. ARMme’yoriy-xuquqiy hujjatlarga asosan boşqa soxaviy funksiyalarni amalga oşiradi ARM foydalanuvçilarga 8:30 dan 20:00 gaça xizmat körsatadi. 5. Boşqariş. Tuzilmasi va ştatlari. Moddiy-texnika ta’minoti Boşqariş. 5.1. ARM öz faoliyatini Özbekiston Respublikasining “Axborot kutubxona töğrisida”gi qonun va uşbu nizom asosida yuritadi. 5.2. Direktor (mudir) öz vakolati doirasida işlarning natijalari uçun töliq javob beradi, barça xodimlar uçun majburiy bölgan farmoyişlar va körsatmalar çiqaradi. 5.3. ARM nizomi Universitet rektori tomonidan tasdiqlanadi. ARM tuzulmasi xamda ştat birliklari Moliya vazirliklari (hududiy bölinmalari) bilan kelişgan xolda Universitet rektori tomanidan tasdiqlanadi. 5.4. ARM huzurida maslahatlaşuv organi sifatida, işlarni boşqa ARM, AKM, kutubxonalar, ta’lim muassasasining ilmiy va öquv bölinmalari bilan kelişiş uçun kutubxona-axborot kengaşi taşkil etiladi. Kengaş tarkibi ARM direktori (mudiri) taqdimiga köra ta’lim muassasasi rahbariyati tomonidan tasdiqlanadi. 5.5. ARM öz faoliyati töğrisida belgilangan tartibda hujjatlarni yuritadi hamda hisobotlarni, iş rejalarini va boşqa axborotlarni taqdim etadi. Tuzilmasi va ştatlari. 5.6. ARM tuzilmasi muayyan ta’lim muassasasi uçun yakka tartibda işlab çiqiladi va an’anaviy bölinmalar (abonementlar, öquv zallari va boşqalar)dan taşqari innovatsiya bölimlari, sektorlar, (avtomatlaştiriş, marketing bölimlari va boşqalar)ni öz içiga olişi mumkin. 5.7. ARMning boşqaruv va xizmat körsatiş xodimlari soni ta’lim muassasalarining ARM Namunaviy ştatlari asosida, ARM oldida turgan vazifalarni hisobga olgan holda hamda xizmat körsatiladigan aholi va ta’lim muassasasi öquvçilari sonidan kelib çiqib, belgilangan tartibda şakllantiriladi. Moliya-xöjalik faoliyati. 5.8. Ta’lim muassasasi rahbariyati töldirişni kafolatli moliyalaştirişni, ARMni amaldagi me’yorlarga muvofiq zarur xizmat va işlab çiqariş xonalari, elektron-hisoblaş hamda nusxa köçiriş köpaytiriş texnikasi va taşkiliy texnika bilan ta’minlaydi. 5.9. ARM ta’minoti uçun xarajatlar ta’lim muassasasining umumiy xarajatlar smetasida nazarda tutiladi. 5.10. ARM özining subhisob raqamiga ega bölişi mumkin, unga markaz tomonidan pullik qöşimça xizmatlar körsatiş hisobiga jalb etiladigan mablağlar kiritiladi. 6. ARMni qayta taşkil etiş va tugatiş 6.1. ARMni qayta taşkil etiş va tugatiş (qöşiş, ajratiş, ayiriş, birlaştiriş, qayta özgartiriş) Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligi, Oliy va örta maxsus ta’lim vazirligining Örta maxsus, kasb-hunar ta’limi markazi hamda Xalq ta’limi vazirligi qaroriga köra, amaldagi qonun hujjatlarida nazarda tutilgan tartibda amalga oşiriladi. 6.2. ARMni qayta taşkil etişda barça hujjatlar (boşqaruv, moliya-xöjalik hujjatlari, şaxsiy tarkib böyiça hujjatlar va boşqalar), mol-mulk va fondlar qonun hujjatlarida belgilangan tartibda beriladi. 6.3. ARM tugatişda uning arxiv hujjatlari markaz joylaşgan hududdagi davlat arxivi idorasiga qonunçilikda belgilangan tartibda topşiriladi

Biz bilan boğlaniş

Hamkorlik, takliflar va murojaat uçun

TOP